«Bunyodkor» bolalarni kutib olyapti

Bolalar — bizning kelajagimiz. Shu bois O’zbekistonda barkamol yosh avlodni tarbiyalash, yurtimizning eng kichik fuqarolarini himoyalash va ularga g`amxo’rlik qilishga alohida e`tibor beriladi. Bu fikrlar o’tkazilgan bayram tadbirida ham yaqqol ifodasini topdi. Ushbu bayram 3 mingdan ziyod o’g`il-qizlar, shu jumladan 200 nafardan ortiq «Mehribonlik uylari» tarbiyalanuvchilari uchun yorqin va unutilmas voqeaga aylandi.

O’zbekistondagi eng ulkan «Bunyodkor» sport majmuasida o’tkazilgan bayram dasturi doirasida nafaqat quvnoq viktorinalar, tanlovlar, turli o’yinlardan iborat ko’ngilochar shou, balki bolalarni rivojlantiruvchi mahorat darslari ham o’tkazildi. Bu ularga o’z qobiliyat va iqtidorlarini namoyon qilish, mashhur sportchilar, artistlar, nomdor xorijiy mehmonlar bilan tanishib olishga qulay imkon yaratdi.

Masalan, Respublika yosh tomoshabinlar teatrining ijodiy jamoasi bolajonlarga «Kichkintoy va Madagaskar» deb nomlangan qiziqarli shou-spektaklini taqdim etdi, «Aladdin» teatri esa o’z repertuaridagi spektallardan eng maroqli parchalarni namoyish qildi. Mamlakatimizning nomi ulug` futbolchilari bolalar uchun mahorat darslarini o’tkazdilar. Shuningdek, boshqa turdagi sport ustalari ham o’zlarining o’rgatuvchi dasturlarini taqdim etdilar.

 

 

Manba: www.ung.uz

 

Aloqalar

Manzilimiz: 100154, Toshkent, Sergeli,
Yuzhnaya promzona, Proektnaya kuchasi.
Telefon: +(998 71) 258-92-01
Faks: +(998 71) 257-70-15
E-mail: info@elektrogaz.uz

Muhim ma'lumotlar

Materiallardan foydalanganda, quyidagi havolani keltirish majburiy.
Copyright © 2015-2024
Saytning oxirgi yangilangan sanasi: 06.06.2024 y.