Fond birjasi bitimlar soni bo'yicha so'nggi besh yildagi rekord ko'rsatkichga erishdi

 

Tahlillarga ko'ra, to'qqiz oy davomida umumiy birja savdo aylanmasida qimmatli qog'ozlar ikkilamchi bozorining ulushi yuqoriligi kuzatilib, uning ulushi 74,7 foizni yoki 84,7 mlrd. so'mni tashkil etdi. Bu 2014 yilning mos davriga (23,0 mlrd. so'm) nisbatan deyarli 4 martaga yuqoridir. Shundan 3,5 mlrd. so'mligi korporativ obligatsiyalar bilan tuzilgan bitimlardir. Hisobot davrida qimmatli qog'ozlarning birlamchi joylashtirish hissasi esa umumiy birja aylanmasida 25,3 foiz yoki 28,8 mlrd. so'mdan iborat bo'ldi.

Umumiy savdo aylanmasi iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha tahlil qilinganda uning eng ko'p qismi, ya'ni 84,5 foizi yoki 96,0 mlrd. so'mlik hajmi tijorat banklarining qimmatli qog'ozlari bilan amalga oshirilgan bitimlar hissasiga to'g'ri keladi. Agrosanoat majmuasiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining ulushi esa 10,2 foiz yoki 11,6 mlrd. so'mni tashkil qiladi.

Fond birjasining 9 oylik umumiy savdo aylanmasi investorlar toifasiga ko'ra tahlil qilinganda, uning asosiy qismini, ya'ni 83,7 foizini (95,0 mlrd. so'm) yuridik shaxslar tomonidan kiritilgan investitsiyalar tashkil etadi.

Shuningdek, hisobot davrida fond birjasi savdolarida jismoniy shaxslarning ishtiroki sezilarli darajada faollashib, ular tomonidan qimmatli qog'ozlarga yo'naltirilgan investitsiyalar hajmi joriy yilda 18,5 mlrd. so'mni yoki kiritilgan umumiy investitsiyalarning 16,3 foizini tashkil qiladi.

Fond birjasi faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridan biri moliyaviy barqaror va likvidli jamiyatlarni birja listingiga jalb etish hisoblanadi. Agar 2015 yilning 1 yanvarь holatida birja kotirovkalash varag'iga kirgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 133 tadan iborat bo'lgan bo'lsa, o'tgan 9 oy davomida yana 45 ta yangi aksiyadorlik jamiyatining birja listingiga kiritilishi ta'minlandi hamda joriy yilning 30 sentyabrь holatida ularning soni 178 taga yetdi (30.09.2014 y. holatida – 136 AJ).

 

23.10.2015

http://gkk.uz/

Aloqalar

Manzilimiz: 100154, Toshkent, Sergeli,
Yuzhnaya promzona, Proektnaya kuchasi.
Telefon: +(998 71) 258-92-01
Faks: +(998 71) 257-70-15
E-mail: info@elektrogaz.uz

Muhim ma'lumotlar

Materiallardan foydalanganda, quyidagi havolani keltirish majburiy.
Copyright © 2015-2024
Saytning oxirgi yangilangan sanasi: 06.06.2024 y.