Yig'ilishda qonunchilikka kiritilgan mavjud o'zgartish va qo'shimchalar haqida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura boshqarma prokurori F.Otaev ma'ruza qildi. Ma'ruzachi tomonidan qonunning asosiy maqsadi – xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning huquqiy himoyasini, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari xodimlarining tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvi va to'sqinliklari uchun javobgarlikni, shu jumladan, jinoiy javobgarlikni yanada kuchaytirish hisoblanishi alohida ta'kidlandi.
Tadbir yakunida savol-javoblar bo'ldi.