2016 yil 12 fevral kuni Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi o’tkaziilishi to’g’risida xabarnoma

XABARNOMA “ELEKTROGAZ” Aksiyadorlik jamiyati 2016 yil 12 fevral kuni soat 15:00 da Toshkent shahri, Sirg’ali tumani, Janubiy sanoat hududi, Proyektnaya ko’chasi manzili bo’yicha navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi bo’lib o’tishini ma’lum qiladi.

Kun tartibi:
1. Xisob komissiyasi va Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining reglamentini tasdiqlash.
2. “ELEKTROGAZ” AJ Ustav jamg’armasini qo’shimcha nominal qiymati 1040 so’m bo’lgan, oddiy, egasining nomi yozilgan hujjatsiz aksiyalarning 101 060 (bir yuz bir ming oltmish) dona miqdorida chiqarilishi xisobidan ko’paytirish to’g’risida qaror qabul qilish.
3. Qo’shimcha chiqarilish aksiyalarini xarid qilishda aksiyadorlar tomonidan imtiyozli xarid qilish xuquqini qo’llamaslik to’g’risida qaror qabul qilish.
Kuzatuv kengashi tomonidan Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini o’tkazish uchun reyestr yopilgan sana – 29.01.2016 yil
Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi o’tkazilishi to’g’risida xabardor qilinishi lozim bo’lgan “ELEKTROGAZ” AJ aksiyadorlarining reyestri tuzilgan sana – 29.01.2016 yil.
Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida ishtirok etishi uchun “ELEKTROGAZ” AJning aksiyadorlari reyestri tuzilgan sana – 08.02.2016 yil.
Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini o’tkazishga tayyorgarlik jarayonida aksiyadorlarga taqdim qilinishi kerak bo’lgan ma’lumotlar (materiallar bilan tanishib chiqishning quyidagi tartibi o’rnatildi.
Aksiyadorlar Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini o’tkazishga tayyorgalik va o’tkazishga oid quyidagi materiallar bilan tanishib chiqishlari mumkin:
Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining kun tartibi;
Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining reglamenti;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2015 yildagi PF-2454-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlariga chet el investorlarini jalb qilish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoyishining nusxasi.
Aksiyadorlar Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini o’tkazishga tayyorgalik va o’tkazishga oid materiallar bilan quyidagi manzil bo’yicha tanishib chiqishlari mumkin:
O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Sirg’ali tumani, Janubiy sanoat hududi, Proyektnaya ko’chasi
Aloqa uchun telefon raqami: 257-95-37
Tanishib chiqish vaqti: shanba va yakshanda kunlaridan tashqari har kuni soat 10.00 dan 17.00 gacha.
Aksiyadorlar 2016 yil 12 fevral kuni soat 14.00 dan 14.45 gacha ro’yxatga olinadi. Aksiyadorlar shaxsni tasdiqlovchi xujjatni, aksiyadorlarning vakillari esa bunga qo’shimcha ravishda notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan ishonchnomani taqdim qilishlari shart.
“ELEKTROGAZ” AJ Kuzatuv kengashi

Aloqalar

Manzilimiz: 100154, Toshkent, Sergeli,
Yuzhnaya promzona, Proektnaya kuchasi.
Telefon: +(998 71) 258-92-01
Faks: +(998 71) 257-70-15
E-mail: info@elektrogaz.uz

Muhim ma'lumotlar

Materiallardan foydalanganda, quyidagi havolani keltirish majburiy.
Copyright © 2015-2024
Saytning oxirgi yangilangan sanasi: 06.06.2024 y.