Yillik aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi haqida xabarnoma

XABARNOMA “ELEKTROGAZ” Aksiyadorlik jamiyati 2016 yil 28 iyun kuni soat 15:00 da Toshkent shahri, Sirg’ali tumani, Janubiy sanoat hududi, Proyektnaya ko’chasi manzili bo’yicha yillik aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi bo’lib o’tishini ma’lum qiladi.

Aksiyadorlar reyestri tuziladigan sanalar:
17 iyun 2016 y. – aksiyadorlar umumiy yig’ilishi o’tkazilishi to’g’risida xabardor qilish uchun;
22 iyun 2016 y. – aksiyadorlar umumiy yig’ilishida ishtirok etish xuquqi;
Kun tartibi:
1. Xisob komissiyasi va yillik aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining reglamentini tasdiqlash.
2. Jamiyat Kuzatuv kengashining 2015 yil uchun xisobotini tasdiqlash.
3. Jamiyat boshqaruvining jamiyatning 2015 yildagi moliyaviy xo’jalik faoliyati yuzasidan hisobotini tasdiqlash
4. Tashqi auditorning “Elektrogaz” AJning 2015 yildagi moliyaviy-xo’jalik faoliyati tekshiruvi natijalariga ko’ra, taqdim qilingan moliyaviy hisobotlarining xaqqoniyligini tasdiqlovchi xulosasini tasdiqlash
5. Taftish komissiyasining “Elektrogaz” AJning 2015 yildagi moliyaviy-xo’jalik faoliyati tekshiruvi natijalariga ko’ra taqdim qilgan xulosasini tasdiqlash
6. “Elektrogaz” AJning 2015 yildagi moliyaviy-xo’jalik faoliyatining natijalariga ko’ra buxgalter balansi, daromad va zarar xisoblarini tasdiqlash.
7. Jamiyatning 2015 yildagi moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalariga ko’ra sof daromadni taqsimlashni tasdiqlash.
8. Jamiyatning “Ijro etuvchi organi to’g’risida”gi Nizomga o’zgartirish va qo’shimchalarni tasdiqlash.
9. Aksiyadorlik Jamiyatining 2016 yilga biznes-rejasini tasdiqlash
10. 2016 yilga auditorlik tashkilotini va uning xizmatlari uchun chegaraviy to’lov xajmini belgilash
11. 2016 yilga Boshqaruv Raisini saylash.
12. 2016 yilga Boshqaruv Kengashini saylash
13. 2016 yilga Kuzatuv kengashini saylash
14. 2016 yilga Taftish komissiyasini saylash
15. Korporariv boshqaruv Kodeksini joriy qilish
16. Jamiyat faoliyatida korporativ boshqaruv Kodeksi uchun tavsiyanomalarni qabul qilish to’g’risida ma’lumotnoma shaklini tasdiqlash.
Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishiga tayyorgarlik jarayonida aksiyadorlarga taqdim qilinishi kerak bo’lgan materiallar (ma’lumotlar) bilan tanishib chiqishning quyidagi tartbi o’rnatildi.
Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishiga tayyorgarlik jarayonida aksiyadorlarga taqdim qilinuvchi materiallar quyidagilardan iborat:
- 2015 yil uchun yillik hisobot;
- buxgalteriya hisobining milliy standartlari va moliya hisobotlarining xalqaro standartlariga muvofiq 2015 yil uchun auditorlik xulosasi;
- Taftish komissiyasining xulosasini tasdiqlash;
- “Elektrogaz” AJning Kuzatuv kengashi, Taftish komissiyasi, Ijro etuvchi organiga nomzodlar to’g’risida ma’lumotlar.
Toshkent shahri, Sirg’ali tumani, Janubiy sanoat hududi, Proyektnaya ko’chasi manzili bo’yicha
Aloqa uchun telefonlar: 258-92-01; 257-95-37
Tanishib chiqish vaqti: shanba va yakshanbadab tashqari har kuni soat 10.00 dan 17.00.
Aksiyadorlarni ro’yxatga olish 2016 yil 28 iyun kuni soat 13.00 dan 14.45 gacha amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning vakillari passport va notarial idoorada tasdiqlangan ishonchnomani taqdim qilishlari lozim.
“ELEKTROGAZ” AJ Kuzatuv kengashi

Aloqalar

Manzilimiz: 100154, Toshkent, Sergeli,
Yuzhnaya promzona, Proektnaya kuchasi.
Telefon: +(998 71) 258-92-01
Faks: +(998 71) 257-70-15
E-mail: info@elektrogaz.uz

Muhim ma'lumotlar

Materiallardan foydalanganda, quyidagi havolani keltirish majburiy.
Copyright © 2015-2024
Saytning oxirgi yangilangan sanasi: 06.06.2024 y.