Настройки отображения

Размер шрифта:
Цвета сайта
Изображения

Параметры

Has no content to show!

Asosiy ko'rsatkichlar

2014 yildagi ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari

“ELEKTROGAZ” aksiyadorlik jamiyati so’nggi yillarda bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining xajmini yildan-yilga oshirib bormoqda. “ELEKTROGAZ” AJning biznes-rejasi Jamiyat Ustavi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonun va boshqa me’yoriy xujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Biznes-reja ko’rsatkichlari gaz sohasining elektr inshootlarini rekonstruktsia qilish va texnik jixatdan qayta ta’minlash borasida qurilish-montaj, sozlash, ta’mirlash, profilaktika ishlarini bajarilishining samaradorligi va unumdorligini oshirishga yo’naltirilgan.

Qurilish-montaj ishlarining asosiy ko’rsatkichlarini ko’rib chiqsak: Jamiyat 2014 yilda 7 100 000 ming so’mlik rejaga nisbatan,  7 905 860 ming so’mlik ishlarni bajardi, bu biznes-rejaga nisbatan 111,4 % ni tashkil qildi. Sub-pudratchi tashkilotlar tomonidan 2014 yilda bajarilgan qurilish-montaj ishlari xajmi 450 099 ming so’mni tashkil etdi.

“O’ztransgaz” AK mintaqaviy gaz ta’minlash korxonalarining elektr kimyo himoya stansiyalarini kapital ta’mirlashning 2014 yil uchun yo’naltirilgan dasturi”ga ko’ra quyidagi obyektlarda ishlar olib borildi:

1. VL-10 kV ni 0 km dan 82 km gacha ta’mirlash "Gazli-Sarimay" sh. va majmuaviy transformator podstansiyasining montaji;

2. “O’ztransgaz” AK bog’ining jadal sug’orilishi uchun quduqlarni elektr quvvati bilan ta’minlash;

3. Farg’ona viloyati Quva tumanida joylashgan “Akbarobod” ShFY (shahar fuqarolar yig’ini) Gaz to’ldirish punktining ichki maydon tarmoqlarini elektr ta’minotining montaji va quvvati uchun VL-10/0.38 kV qurilishi;

4. Andijon viloyatida joylashgan “Vodiygazta’minot” Unitar Korxonasining Qo’rg’ontepa filiali Gaz to’ldirish punkti uchun VL-10/0.38 kV qurilishi va ichki yorug’lashtirilishi;

5. Namangan viloyati Uychi tumanida joylashgan, “Rovot” ShFY (shahar fuqarolar yig’ini) Gaz to’ldirish punktining ichki maydon tarmoqlarini elektr ta’minotining montaji va quvvati uchun VL-10/0.38 kV qurilishi;

6. Farg’ona viloyati Uchko’prik tumanida joylashgan “Kenagas” ShFY (shahar fuqarolar yig’ini) elektr ta’minoti;

7. 5. Andijon viloyati Shaxrixon tumanida joylashgan, “Qumtepa” ShFY (shahar fuqarolar yig’ini) Gaz to’ldirish punktining ichki maydon tarmoqlarini elektr ta’minotining montaji va quvvati uchun VL-10/0.38 kV qurilishi;

8. “Muborakneftgaz” Unitar sho’ba korxonasi obyektlarining elektr uskunalarini professional sinovdan o’tkazish, sozlash va VL-KL-0,4/6/10 KV qurilishi;

9. “Kristall” dam olish maskanining elektrta’minoti, tashqi va ichki yoritilishi;

10. Samarqand magistral quvurlar boshqarmasi 368-fideri 110/35/10 kV “Sattepo” podstansiyasiga ulanishi orqali “Teplichnaya” mavjud podstansiyasining demontaji va yangi VL-10 kV montaji;

11. “O’ztransgaz” obyektlarida elektr-kimyo himoya vositalarini capital ta’mirlash;

12. Andijon viloyati, Xo’jaobod tumani Xadirsha qishlog’ida qurilgan 10 dona besh xonali tugatilmagan turar joylarning qurilishida elektrtexnik ishlari;

13. Toshkent shahar Xamza (Yashnobod) tumanida joylashgan 103-sonli maktab internatining ichki va tashqi yoritish tizimini capital ta’mirlash;

14. Jizzax viloyati Mirzacho’l tumanida paxtakorlar uchun mo’ljallangan binoni capital ta’mirlash;

15. “Sho’rtanneftegaz” Unitar sho’ba korxonasi obyektlarida elektr uskunalarining professional sinovdan o’tkazilishi va sozlanishi, VL-KL-0,4/6/10 kV qurilishi;

16. “Muborak” gaz qayta ishlash zavodi obyektlarida elektr uskunalarining professional sinovdan o’tkazilishi va sozlanishi, VL-KL-0,4/6/10 kV qurilishi;

17. “Qashqadaryoparmalashishlari” AJ obyektlarida elektr uskunalarining professional sinovdan o’tkazilishi va sozlanishi, VL-KL-0,4/6/10 kV demontaji va montaji;

18. “Buxoroneftgazparmalash” AJ obyektlarida elektr uskunalarining professional sinovdan o’tkazilishi va sozlanishi, VL-KL-0,4/6/10 kV demontaji va montaji;

19. “Koson neftgaz izlash ekspiditsiyasi” AJ obyektlarida elektr uskunalarining professional sinovdan o’tkazilishi va sozlanishi, VL-KL-0,4/6/10 kV demontaji va montaji;

20. “O’ztransgaz” AK obyektlarida elekr uskunalarining professional sinovdan o’tkazilishi va sozlanishi.

Jamiyatning asosiy buyurtmachilari “Transgaztexnikbutlash” UK, “Transgazinjiniring” UK, “Sho’rtanneftgaz” UShK, “Muborakneftgaz” UShK, “Muborak GQIZ” UShK, “Qashqadaryoparmalashishlari” AJ, “Buxoroneftgazparmalash” AJ, “Koson neftgaz izlash ekspiditsiyasi” AJ. Jamiyat bo’yicha barcha shartnomaviy majburiyatlar bajarilgan.

Har bir ishchi uchun o’rtacha oylik ish xajmi 2 624,8 ming so’mni tashkil etdi, bunda ishchilarning o’rtacha oylik ish haqi 1008,5 ming so’mni tashkil etgan bo’lib, bu rejalashtirilgan 972,9 ming so’mlik o’rtacha oylik ish xaqi va butun O’zbekiston Respublikasi bo’yicha o’rtacha ko’rsatkichdan yuqoriroqdir.

01.01.2015 yil holatiga ro’yxatdagi xodimlarning soni 251 nafarni tashkil etgan. 2014 yilda 28 ishchi ishga qabul qilingan va 25 ishchi bo’shatilgan.

5 602 982 ming so’m xajmida mavjud aylanma mablag’lar, shu jumladan, 2 182 283 ming so’mlik moddiy zaxiralar, aylanma mablag’larida yetarli kapitalni tashkil etadi.

 2014 yilda Jamiyat tomonidan umumiy 634 663,5 ming so’mlik summaga quyidagilar xarid qilindi:

  • Bortli konteyner tashuvchi yarim shatak;
  • KAMAZ rusumli shassili KS-4574 avtokrani;
  • EP-F-P yuklovchi ekskavatori (Belorus-92P traktori asosida);
  • ofis uchun texnika, televizor.
  • 683,0 ming so’mlik asosiy vositalar xisobdan chiqarildi.
  • 2015 yil 1 yanvar holatiga mulkning umumiy qiymati 3 346 230 ming so’mni tashkil etdi.

O’tgan 2014 yilda avtotransport vositalari va qurilish texnikasining umumiy 18 520,4 ming so’mlik ta’mirlanishi amalga oshirildi. 108 040,5 ming so’mlik avto ehtiyot qismlari xarid qilindi.

2014 yil uchun qurilish-montaj ishlari moddiy resurslar bilan ta’minlandi.

Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi maqsadida har bir ish joyini Mehnat muhofazasi va xavsizligi qoida va me’yorlarining talablariga muvofiqlashtirilishi borasida chora-tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Jamiyatda har bir ishchiga, ehtiyojidan kelib chiqqan holda, maxsus kiyim, oyoq kiyim va boshqa individual himoya vositalari ajratiladi. Yangi ishga qabul qilingan har bir xodim ishlarning bajarilishida xavfsiz yondoshuvlarga o’rgatiladi, ish joyida stajirovkadan o’tadi va mehnat xavfsizligiga qayta o’qitiladi.

Boshqaruv kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan hamkorlikda ijtimoiy masalalarga katta e’tibor ajratadi. Xodimlarning farzandlari uchun bolalar sog’lomlashtirish oromgohlariga yo’llanmalar olinadi.

Ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyati natijalariga ko’ra 395 408 ming so’m miqdorida balans daromadi olindi. Barcha soliqlar to’langanidan so’ng sof daromad 321 409 ming so’mni tashkil etib, bu rejadagi ko’rsatkichlarga nisbatan 101,7 foizdir.

Jamiyatning ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatini baxolash mavzusining yakunida shuni aytmoqchimanki, buyurtmachining barqaror moliyalashtirishi mavjud bo’lgan joyda, barcha majburiyatlar to’liq xajmda bajariladi.

Xisobot davrida Boshqaruvning faoliyati Jamiyat Ustavi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonun va boshqa me’yoriy xujjatlarga muvofiq amalga oshirilgan.

Hozirgi kunda Jamiyat faoliyatining ustuvor yo’nalishi sifatida ishlab chiqarish va boshqaruvni yanada takomillashtirish dasturi tanlangan bo’lib, u mehnatni mukammallashtirish, korporativ uslubni shakllantirishni ko’zda tutgan.

Jamiyat ishlab chiqarish xajmlarini yanada oshirish maqsadi ishlab chiqilgan aniq dasturiga ega bo’lib, u o’z ichiga quyidagilarni olgan:

  • mehnat unumdorligini oshirish, ishlar tannarxini pasaytirish;
  • qurilish texnikasi bilan ta’minlangan o’z bazasiga ega bo’lish;
  • yetarli darajada malakaga ega bo’lgan ishchilar, texnik-muhandis xodimlarning kadr tarkibini ko’paytirish;

Jamiyatning ishlab chiqarish-xojalik faoliyati O’zbekiston Respublkasida amalga oshirilmoqda. Ko’rinib turibdiki, Boshqaruv organlari aniq ishlab chiqilgan yondoshuvga ega.