Xush kelibsiz saytiga!
Aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi «O'ztransgaz» aktsiyadorlik kompaniyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 11 dekabrdagi PF-2154 sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 dekabrdagi 523-sonli qarori, bilan ro'yxatdan o'tkazilgan.
Gaz taqsimlash tarmoqlarini rivojlantirish va ekspluatatsiya qilish sohasidagi yagona siyosatni shakllantirish, respublikadagi iste'molchilarga gazni etkazib berish va sotish bo'yicha samarali boshqaruv tizimini yaratish, shuningdek, tabiiy gazdan ratsional foydalanish va gaz haqini to'lash intizomini mustahkamlash maqsadlarida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 8 avgustdagi PQ- 438 sonli «O'ztransgaz» aktsiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to'g'risida«gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq «O'ztransgaz» AK O'zbekiston agentligi tarkibidagi gaz bilan ta'minlovchi hududiy korxonalarni «O'zbekneftgaz» MXKning «O'ztransgaz» AK tarkibiga o'tkazish yo'li bilan qayta tashkil etildi va bu gaz bilan ta'minlovchi hududiy korxonalar negizida barcha toifadagi gaz iste'molchilarini gaz bilan ta'minlashga mo'ljallangan unitar korxona shaklidagi 6 ta mintaqalararo korxona tuzildi.