Nomzodga qo’yilgan talablar:
Oliy texnik (energetik) yoki muhandis-iqtisodiy ta’limning mavjudligi;
Yoshi 30 yoshdan 50 yoshgacha;
Rahbar lavozimida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo’lishi;
Qonunchilik, hamda korporativ boshqaruvning uslub va tamoyillarini bilishi:
Ishni tashkillashtira olish qobiliyati, mehnatni tashkillashtirish talablari, yong’inga qarshi himoya, ishlab chiqarish sanitariyasi, xavfsizlik texnikasi me’yorlariga muvofiq ravishda qurilish-montaj va boshqa ishlarning bajarilishining nazoratini va sifatini ta’minlash;
Ishni tashkillashtirishning ustuvor shakllarining singdirilishini ta’minlash qobiliyati, jamiyat xodimlarining professional malakasini maqsadga muvofiq ravishda ishga solish;
Professional muomalada yuqori madaniyat darajasiga ega bo’lish, intizomlilik, barqarorlik, stresslarga chidamlilik kabi xislatlarga ega bo’lish.
Tillarni bilish (O’zbekiston fuqarolari uchun): O’zbek tili – erkin darajada, Rus tili – erkin darajada, Ingliz tili – maqsadga muvofiq.
Tillarni bilish (chet el boshqaruvchilari uchun): Rus tili – erkin darajada, O’zbek va Ingliz tillari – maqsadga muvofiq.
Kompyuter savodxonligi: A’lo darajada .
Majburiyatlari:
- Jamiyatning joriy faoliyatini boshqarish, uning samarali vaa barqaror ishnini ta’minlash:
- Jamiyatni rivojlantirish dasturlari va biznes rejalarining ishlab chiqilishini boshqarish, ularning bajarilishini tashkillashtirish va nazorat qilish;
- Jamiyatning moliyaviy-xo’jalik sharoitini yanada yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlarni ko’rish, Jamiyatning shartnomaviy majburiyatlari bajarilishini ta’minlash;
- Ishlab chiqarish va ijtimoiy soxani yanada rivojlantirishga zarur bo’lgan miqdorda daromad olinishini ta’minlash;
- Ijtimoiy kafolatlar va xodimlarning xavfsiz mehnat sharoitlariga rioya qilinishini ta’minlash;
- Amaldagi qonunchilik, qonunosti xujjatlar va jamiyatning ichki me’yoriy xujjatlari talablariga rioya qilish.
Asosiy mehnat shartlari:
- Ish tartibi: 5/2, soat 8:00 dan 17:00 gacha
- Doimiy ish
- O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga asosan rasmiylashtirish
- Ish xaqi: 1 249 262 so’m.
- Jamoat shartnomasiga muvofiq boshqa to’lovlar.
- Sinov muddati – 3 oy.
Tanlov shartlari:
Lavozimga nomzodlik qilayotgan shaxslarning xujjatlari (rezyume, so’rovnoma, diplom, sertifikat, mehnat daftarchasining nusxalari, tavsiyanoma va boshqalar) 2016 yilning 23 martidan 23 apreliga qadar, Toshkent shahri, Sirg’ali tumani, Janubiy sanoat hududi, Proyektnaya ko’chasi manzili bo’yicha qabul qilinadi.
Tel.: (+998 71) 258-92-01, 257-95-37, elektron pochta manzili: Bu elektron manzil spamlardan ximoyalangan. Uni kurish uchun JavaScript ni ishga tushirishingiz kerak.