“ELEKTROGAZ” AJ Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan 2014 yil “15” oktyabrda “TASDIQLANGAN” |
“ELEKTROGAZ” AKSIYADORLIK JAMIYATINING KUZATUV KENGASHI TO’G’RISIDA
N I Z O M
1. Umumiy qoidalar.
2. Kuzatuv kengashining vakolati.
3. Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash, tayinlash.
4. Kuzatuv kengashining raisi.
5. Kuzatuv kengashining yig’ilishi.
6. Kuzatuv kengashi a’zolarining xuquq va majburiyatlari.
7. Kuzatuv kengashi a’zolarining mas’uliyati.
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonun (yangi tahrirda) (keyingi o’rinlarda Qonun), O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, O’zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy-xuquqiy hujjatlari hamda “ELEKTROGAZ” AJ (keyingi o’rinlarda Jamiyat) Ustaviga (yangi tahrirda) muvofiq ishlab chiqilgan.
1.2. Mazkur Nizom o’z ichiga aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining (keyingi o’rinlarda – Kuzatuv kengashi) faoliyatini tashkil qilish me’yorlarini, unga a’zolarni saylash tartibini, hamda ularning xuquq va majburiyatlarini belgilovchi me’yorlarni olgan.
1.3. Kuzatuv kengashi Jamiyat faoliyatining umumiy boshqaruvini amalga oshiradi. Qonun hamda Ustav tomonidan aksiyadorlar Umumiy yig’ilshi vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasno.
1.4. Kuzatuv kengashining a’zolari Qonun hamda Jamiyat Ustaviga muvofiq ravishda, aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan kumulyativ ovoz berish yo’li bilan saylanadi.
1.5. Kuzatuv kengashi a’zolari hamda kotibi o’z vazifalarini bajarishi davrida mukofotlar berilishi va/yoki ularning Kuzatuv kengashidagi faoliyati bilan bog’liq harajatlari qoplanishi mumkin.
2. KUZATUV KENGASHINING VAKOLATI
2.1. Kuzatuv kengashining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:
- Jamiyat faoliyatining ustuvor yo’nalishlarini aniqlash;
- qonunchilikda ko’zda tutilgan hollardan tashqari vaziyatlarda yillik va navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini chaqirish;
- aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining kun tartibini tayyorlash;
- aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi o’tkaziladigan sanasi, vaqti va joyini belgilash;
- aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi o’tkazilishi to’g’risida xabardor qilinishi lozim bo’lgan aksiyadorlar reyestrining shakllantirilish sanasini belgilash;
- aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi qaroriga Jamiyat Ustaviga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish yoki Jamiyat Ustavini yangi tahrirda tasdiqlashga oid masalalarni kiritish;
- mulkning bozor qiymatining tayinlanishini tashkillashtirish;
- Jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash. Bunda, kelgusi yil uchun tuzilgan Jamiyatning yillik biznes-rejasi joriy yilning 1 dekabridan kechikmagan holda tasdiqlanishi lozim;
- ichki audit xizmatini tashkillashtirish, unga ishchilarni tayinlash, hamda har chorakda ularning xisobotini tinglash;
- Kuzatuv kengashiga yuklatilgan vazifalarning to’liq bajarilishi uchun, Jamiyat Ijro etuvchi organi faoliyatiga oid barcha xujjatlarga dahl qilish va ularni Jamiyat Ijro etuvchi organidan olish. Olingan xujjatlardan Kuzatuv kengashi tomonidan faqat xizmat vazifasi yuzasidan foydalanish mumkin;
- auditorlik tekshiruvini o’tkazish, auditorlik tashkilotini aniqlash va unga to’lanadigan xizmat haqining eng yuqori xajmini belgilash to’g’risidagi qarorni qabul qilish;
- Jamiyat Taftish komissiyasi (taftishchisi)ga to’lanadigan mukofot va tovon pullarining hajmi yuzasidan tavsiyalar berish;
- dividend hajmi, uning to’lanish shakli va tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;
- Jamiyatning zahira va boshqa jamg’armalaridan foydalanish;
- Jamiyatning filiallarini barpo etish va vakolatxonalarini ochish;
- sho’ba va tobe xo’jalik jamiyatlarini barpo etish;
- qimmatli qog’ozlarni chiqarish to’g’risidagi qaror hamda emissiya risolasini tasdiqlash;
- avval ro’yxatdan o’tkazilgan qimmatli qog’ozlar chiqarilishlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;
- Jamiyat Ustav jamg’armasini ko’paytirish, hamda Jamiyat Ustav jamg’armasini ko’paytirish bilan bog’liq bo’lgan o’zgartirish va qo’shimchalarni Jamiyat Ustaviga kiritish to’g’risidagi masalalarni hal qilish;
- qonunchilikka muvofiq Jamiyat affillangan shaxslari bilan shartnomalar hamda boshqa yirik bitimlar tuzish to’g’risida qaror qabul qilish.
- Jamiyat Boshqaruv Raisining vakolati muddatidan avval to’xtatilgan hollarda, uning vaqtincha vazifasini bajaruvchi shaxsni tayinlash;
- qonunchilikda o’rnatilgan tartibda Jamiyatning notijorat va tijorat tashkilotlarda ishtiroki bilan bog’liq bitimlarni tuzish;
- aksiyalarning joylashtirilish (qimmatli qog’ozlarning birja va birjadan tashqari bozoriga chiqarilish) narxini aniqlash;
- Jamiyat Ustavi va amaldai qonunchilikda Kuzatuv kengashi vakolati doirasiga kiritilgan boshqa masalalarni hal qilish.
2.2. Jamiyat Kuzatuv kengashining vakolatiga kiritilgan masalalar, Jamiyat Ijro etuvchi organi qaroriga o’tkazilishi mumkin emas.
3. KUZATUV KENGASHINING A’ZOLARINI SAYLASH
3.1. Jamiyat Kuzatuv kengashining a’zolari Qonun hamda Jamiyat Ustavida ko’zda tutilgan tartibda, bir yil muddatga saylanadi.
3.2. Kuzatuv kengashiga saylangan shaxslar cheklanmagan ravishda qayta saylanishi mumkin.
3.3. Jamiyat Ijro etuvchi organi rahbari va a’zolari Jamiyat Kuzatuv kengashining tarkibiga saylanishi mumkin emas.
3.4. Jamiyat Kuzatuv kengashiga shu Jamiyatning o’zida mehnat shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi shaxslar a’zo bo’lishi mumkin emas.
3.5. Jamiyat Kuzatuv kengashining shaxs va son tarkibiga qo’yiladigan talablar Jamiyat Ustavida keltirilishi yoki aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining qarori bilan belgilanishi mumkin.
3.6. Kuzatuv kengashining son tarkibi Jamiyat Ustavi tomonidan belgilangan bo’lib, 5 (besh) nafar a’zoni tashkil qiladi.
3.7. Jamiyat Kuzatuv kengashiga a’zolarning saylanishi kumulyativ ovoz berish yo’li bilan amalga oshiriladi.
3.8. Kumulyativ ovoz berishda, bir aksiyadorga tegishli bo’lgan ovozlar miqdori Kuzatuv kengashiga saylanishi kerak bo’lgan a’zolar miqdoriga ko’paytiriladi va aksiyador shu tariqa qo’lga kiritgan ovozlarini bir nomzod uchun berishi yoki ikki va undan ortiq a’zolar orasida taqsimlashi mumkin.
3.9. Eng ko’p ovoz to’plagan nomzodlar Kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan deb xisoblanadi.
4. KUZATUV KENGASHINING RAISI
4.1. Kuzatuv kengashining raisi Kuzatuv kengashi tarkibidan uning umumiy a’zolar sonining ko’pchilik ovozi bilan saylanadi.
4.2. Kuzatuv kengashining raisi Kuzatuv kengashi tarkibidan uning umumiy a’zolar sonining ko’pchilik ovozi bilan qayta saylanishi mumkin.
4.3. Kuzatuv kengashining raisi Kuzatuv kengashining ishini tashkillashtiradi, yig’ilishlarini chaqiradi va ularda raislik qiladi, majlislarda bayonnoma yuritilishini tashkillashtiradi, aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida raislik qiladi.
4.4. Kuzatuv kengashining Raisi ishtirok etmagan hollarda, uning vazifasini Kuzatuv kengashi a’zolaridan biri amalga oshiradi.
4.5. Kuzatuv kengashining raisi yoki Kuzativ kengashi tomonidan vakolatli deb tan olingan shaxs, Jamiyat nomidan Boshqaruv Raisi hamda Jamiyat Boshqaruvi a’zolari bilan tuziladigan shartnomalarga imzo chekadi.
5. KUZATUV KENGASHINING MAJLISI
5.1. Kuzatuv kengashining majlisi Kuzatuv kengashining raisi tomonidan uning o’z tashabbusiga, Kuzatuv kengashining, taftish komissiyasining, Jamiyat Boshqaruvining a’zosining talabiga hamda Qonun va Jamiyat Ustaviga muvofiq boshqa shaxslar talabiga asosan chaqirilishi mumkin. Kuzatuv kengashining majlisini chaqirish hamda uning o’tkazilishi tartibi Jamiyat Ustavi bilan belgilanadi.
5.2. Kuzatuv kengashi majlisining o’tkazilishi uchun kvorum Jamiyat Ustavi orqali belgilanadi, biroq Jamiyat Kuzatuv kengashiga tayinlangan a’zolarning 75 foizidan kam bo’lmasligi lozim.
5.3. Kuzatuv kengashi a’zolarining soni Jamiyat Ustavida ko’zda tutilgan miqdorning 75 foizidan kam miqdorni tashkil etgan hollarda, Jamiyat Kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash uchun navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini chaqirishi shart. Kuzatuv kengashining qolgan a’zolari bunday navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini chaqirish to’g’risidagi qarorni qabul qilishi, hamda, Kuzatuv kengashi Raisining vakolati muddatdan oldin to’xtatilganida uning vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsni tayinlashi mumkin.
5.4. Kuzatuv kengashi majlislarida qarorlar ishtirok etayotgan a’zolarning ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi, Jamiyat Ustavida ko’zda tutilgan boshqa holler bundan mustasno. Kuzatuv kengashi majlisida masalalar hal qilinishida Kuzatuv kengashining har bir a’zosi bir ovozga ega bo’ladi.
5.5. Kuzatuv kengashi a’zolarining ovozlari teng kelganida, Kuzatuv kengashi Raisining ovozi hal qiluvchi kuchga ega bo’ladi.
5.6. Kuzatuv kengashining bir a’zosi o’z ovozini Kuzatuv kengashining boshqa a’zosiga berishiga yo’l qo’yilmaydi.
5.7. Kuzatuv kengashi majlislarida, Kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan saylangan kotib bayonnoma yuritadi. Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi, u o’tkazilganidan so’ng o’n kundan kechikmagan holda tuziladi. Majlis bayonnomasida quyidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi:
- uning o’tkazilish sanasi, vaqti va joyi;
- majlisda ishtirok etgan shaxslar;
- majlisning kun tartibi;
- ovozga qo’yilgan masalalar va ovoz berish natijalari;
- qabul qilingan qarorlar.
5.7. Jamiyat Kuzatuv kengashining bayonnomasi Jamiyat Kuzatuv kengashi majlisida ishtirok etgan shaxslar tomonidan imzolanib, ular bayonnoma to’g’ri tuzilganligi uchun mas’uldirlar.
5.8. Jamiyat Kuzatuv kengashining qarorlari sirtdan ovoz berish yo’li bilan Kuzatuv kengashining barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi mumkin.
5.9. Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi imzolangan kunidayoq Jamiyat Boshqaruviga ijro uchun topshiriladi. Kuzatuv kengashi tomonidan aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini chaqirish to’g’risida qaror qabul qilinsa, bu qaror to’g’risidagi ma’lumot Kuzatuv kengashining majlisi o’tkazilgan kunidayoq Jamiyat Boshqaruviga yetkaziladi.
6. KUZATUV KENGASHI A’ZOLARINING XUQUQ VA MAJBURIYATLARI
6.1. Kuzatuv kengashining a’zosi quyidagi xuquqlarga ega:
- Kuzatuv kengashining shaxsan ishtirok etish, reglamentda ajratilgan vaqt doirasida muhokama qilinayotgan masala yuzasidan so’zga chiqish;
- Kuzatuv kengashining qarori bilan Jamiyatning ma’lum bir muddat ichidagi faoliyati, uning rivojlanish rejalari yuzasidan ma’lumotlar olish;
6.2. Kuzatuv kengashining har bir a’zosi hamda kotibi uchun mukofot hajmi Jamiyatning “ELEKTROGAZ” AJ Kuzatuv kengashining a’zolari, Kuzativ kengashining kotibi hamda Taftish komissiyasiga mukofotlar hajmi va to’lanish tartibi to’g’risidagi” Nizom bilan belgilanib, u aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
6.3. Kuzatuv kengashining o’z vazifalarini sidqidildan, hamda o’zlari aksiyadorlik jamiyati uchun eng ma’qul deb topgan yo’l bilan bajaradilar.
7. KUZATUV KENGASHI A’ZOLARINING MAS’ULIYATI
7.1. Jamiyat Kuzatuv kengashining a’zolari Aksiyadorlik Jamiyati oldida qonunchilik hamda Jamiyat Ustaviga muvofiq ravishda mas’uldirlar. Bunda, Jamiyatga zarar keltirgan qaror qabul qilinishi uchun ovoz berishda ishtirok etmagan yoki qarshi ovoz bergan Kuzatuv kengashining a’zolari javobgarlikdan ozod etiladilar.
7.2. Jamiyat yoki Jamiyat joylashtirilgan aksiyalarining bir foizidan kam bo’lmagan miqdoriga egalik qiluvchi aksiyadorlar sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, Jamiyat Kuzatuv kengashining a’zosi, Boshqaruv Raisi yoki Boshqaruv a’zosidan Jamiyatga keltirilgan zararning qoplanishini talab qilishi mumkin.