Dividend siyosati to’g’risida Nizom

 

“ELEKTROGAZ” AJ

Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan

2014 yil “15” oktyabrda

“TASDIQLANGAN”

 

"ELEKTROGAZ” AKSIYADORLIK JAMIYATINING

DIVIDEND SIYOSATI TO’G’RISIDA

NIZOM

 

 

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonun (yangi tahrirda) (keyingi o’rinlarda Qonun), O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, O’zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy-xuquqiy hujjatlari hamda “ELEKTROGAZ” AJ (keyingi o’rinlarda Jamiyat) Ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan.

1.2. Jamiyatning Dividend siyosati Jamiyat hamda uning aksiyadorlari manfaatlarining muvozanati, daromadni qisman kapitallashtirishda Jamiyatning jozibadorligini oshirish, aksiyadorlarni hurmat qilish hamda ularning O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Jamiyat Ustavi va ichki xujjatlarida ko’zda tutilgan xuquqlariga to’liq rioya etishga asoslangandir.

1.3. Soliq solinganidan so’ng Jamiyatning daromadini sarf qilishda, ustuvor yo’nalishlarga pul oqimini oshirish maqsadida kelgusi rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish, Jamiyatning jozibadorligini oshirish va shuning natijasida aksiyalarning kurs qiymatini oshirish kiradi. Daromadni qisman kapitallashtirish barobarida, Jamiyat dividend to’lovlarini va ularning muntazam ko’payishini ta’minlaydi.

1.4. Bunday siyosat natijasida, Jamiyat byudjet moliyalashtirilishi mavjud bo’lmagan sharoitda, reja asosida texnika va qurilish mexanizmlarini yangilab bormoqda.

1.5. Nizom Jamiyatning Kuzatuv kengashi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida dividendlarning xajmi va to’lanish tartibini belgilaydi.                                                

1.6. Jamiyat dividend siyosatining tamoyillari va dividendlar xajmini aniqlash mezonlari, Nizom tasdqilanganidan so’ng o’zgarishsiz qabul qilinadi.

1.7. Joylashtirilgan aksiyalar bo’yicha dividend to’lanishi to’g’risidagi qaror Jamiyat tomonidan qonunchilik hamda Jamiyat Ustaviga muvofiq qabul qilinadi. Jamiyat aksiyalar bo’yicha e’lon qilingan dividendlarni to’lashi shart.

1.8. E’lon qilingan dividendlar pul mablag’i shaklida to’lanadi. Dividendlar hajmi aksiyadorlardan ushlab qolinadigan soliqlarni hisobga olmagan holda e’lon qilinadi.

2. JAMIYAT AKSIYADORLARIGA DIVIDENDLAR TO’LANISHINING ASOSIY SHARTLARI

2.1.Jamiyat, moliya-hisobot davrida olingan sof daromad hamda Jamiyatning ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, kapitallashtirishni oshirish barobarida aksiyadorlarga to’lanadigan dividendlar xajmini ko’paytirishga intilmoqda.

2.2.Jamiyat aksiyadorlariga dividend to’lovlarini amlga oshirish shartlariga quyidagilar kiradi:

  • dividend to’lovlariga cheklovlarning yo’qligi (26.09.2008 yildagi 183-sonli O’zRQning 56-moddasiga muvofiq), Jamiyatda moliya-hisobot yilida sof daromdaning mavjudligi;
  • Jamiyatda dividendlar hisoblanishi va to’lanishi tartibining O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiqligi, aksiyadorlar manfaatlariga rioya qilinishi;
  • Jamiyatning zarur bo’lgan moliyaviy va moddiy-texnik holatini ta’minlash:
  • Jamiyatning rivojlanish istiqbollarini ta’minlash;
  • Jamiyat Kuzatuv kengashining dividendlar hajmi yuzasidan tavsiyalari;
  • Jamiyat aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining qarori.

3. DIVIDENDLAR XAJMINI ANIQLASH TARTIBI

3.1. O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi talablariga muvofiq, Jamiyat aksiyadorlariga dividend to’lovlari sof daromaddan, moliyaviy yil natijalariga ko’ra to’lanadi. Sof daromad amaldagi buxgalteriya hisobini yuritish hamda aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyati to’g’risida hisobotlarni tuzish qoidalariga muvofiq aniqlanadi.

3.2. Sof daromadning taqsimlanish tuzilmasida amaldagi qonunchilik hamda Jamiyatning ichki xujjatlariga muvofiq majburiy to’lovlarga, hamda jamiyatni rivojlantirish va dividendlar to’lanishi kabi boshqa harajatlarga mablag’ ajratiladi.

3.3. Aksiyadorlarga to’lanadigan tavsiya qilinuvchi dividend hajmini (bir oddiy aksiya uchun) hamda Jamiyatning dividend to’lovlariga yo’naltirilayotgan muvofiq daromad ulushini aniqlashda, Jamiyatning Kuzatuv kengashi Jamiyat Boshqaruvi tomonidan taklif qilinayotgan daromad taqsimlanihshining asosiy yo’nalishlarini xisobga oladi.

3.4. Dividendlar xajmi yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilishi uchun, Boshqaruv Kuzatuv kengashiga Jamiyatning moliya-hisobot yilidagi faoliyati natijalariga ko’ra olingan sof daromad taqsimlanishining har bir yo’nalishi yuzasidan asoslar taqdim qiladi.

3.5. Jamiyat tomonidan 572 660 dona oddiy egasining nomi yozilgan xujjatsiz aksiyalar joylashtirilgan.

3.6. Oddiy aksiyalar yuzasidan dividend siyosati Jamiyatning moliyaviy holatini baholash asosida shakllantiriladi. Boshqaruv sof daromadni sarf qilinishi yo’nalishlari to’g’risidagi qarorlarning loyihasini tayyorlaydi.

   - Hisobot davrining sof daromadi quyidagi ketma-ketlikda taqsimlanadi:

3.6.1. Sof daromadning bir qismi Jamiyat Ustaviga muvofiq zahira jamg’armasini shakllantirilishiga yo’naltiriladi. Zahira jamg’armasini shakllanitirlishiga sof daromadning yo’naltirilishi, jamg’arma Jamiyat Ustavida ko’zda tutilgan xajmga yetganida to’xtatiladi;

3.6.2. Sof daromadning bir qismi, Jamiyatning moliyaviy vaziyatidan kelib chiqqan holda, o’n foizdan o’ttiz foizgacha bo’lgan miqdorda dividend to’lovlariga yo’naltiriladi;

3.6.3. Sof daromadning oltmish foizdan kam bo’lmagan qismi texnik qayta ta’minot Jamiyatning rekonstruksiyasi va kengaytirilishi, shuningdek o’z aylanma mablag’larini to’ldirilishi hamda shunga o’xshash boshqa maqsadlarga yo’naltiriladi.

4. JAMIYAT AKSIYALARI BO’YICHA DIVIDENDLAR TO’LANISHINING TARTIBI

4.1. Jamiyatning Kuzatuv kengashi hisobot-moliya yilining natijalariga ko’ra oddiy aksiyalar bo’yicha tavsiya qilinayotgan dividend hajmini aniqlaydi va bu masalani dividendlar to’lanishi (to’lanmasligi) to’g’risida yakuniy qaror qabul qilinishi uchun aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining muhokamasiga olib chiqadi.

4.2. Jamiyat Kuzatuv kengashi aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida ishtirok etish xuquqiga ega bo’lgan shaxlar ro’yxatini tuzish sanasini aniqlaydi. Dividend olish xuquqiga ega bo’lgan shaxslar ro’yxati aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida ishtirok etish xuquqiga ega bo’lgan shaxslar ro’yxati tuzilgan sanada tuziladi. Dividend olish xuquqiga ega bo’lgan shaxslar ro’yxatini tuzish uchun, qimmatli qog’ozlar Markaziy depozitariysi tomonidan, qimmatli qog’ozlarning nominal egalari – depozitariylardagi depo xisob raqamlarining holatiga asoslangan holda tuziladi.

4.3. Oddiy aksiyalar dividendlarning xajmi va to’lanishi to’g’risidagi qaror aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi. Dividendlarning xajmi Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya qilingan xajmdan oshmasligi kerak.

4.4. Oddiy aksiyalar bo’yicha dividendlar to’lanishi, bu to’g’risidagi qaror qabul qilingan aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida belgilangan muddatlar ichida to’lanadi.

4.5. Jamiyat, aksiyadorlarga dividendlar to’lanishi yuzasidan ishlab chiqilgan tizim asosida, aksiyadorlarga o’z vaqtida va to’liq dividendlar to’lanishini ta’minlaydi:

  • “ELEKTROGAZ” AJ kassalaridan dividendlar olish;
  • dividendlarni aksiyadorlarning plastik kartochkalariga o’tkazish orqali to’lash.

4.6. Dividendlar e’lon qilingan xajmda bunday qaror qabul qilingan kundan boshlab 60 kun ichida to’lanadi.

4.7. To’lanayotgan dividendlarning soliqqa tortilishi O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ko’zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

4.8. Aksiya egasi, uning qonuniy vakili yoki merosxo’ri tomonidan da’vo muddati ichida talab qilinmagan dividendlar (O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 12 bobi 150 moddasiga muvofiq 3 yil) aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining qarori bilan “ELEKTROGAZ” AJ tasarrufida qoladi.

5. JAMIYATNING DIVIDEND SIYOSATI TO’G’RISIDAGI MA’LUMOTNING OSHKOR ETILISHI

5.1. Jamiyat aksiyadorlar hamda boshqa manfaatdor shaxslar Nizom va unga kiritilgan o’zgartirishlar bilan “ELEKTROGAZ” AJ aksiyadorlari hamda boshqa manfaatdor shaxslarga ma’lumotlarni taqdim qilish to’g’risidagi Tartib”da ko’zda tutilgan tartibda tanishib chiqishlari mumkin.

5.2. Dividendlar to’lanishi to’g’risidagi qaror, ular to’lanishining xajmi, muddati, usuli va shakli to’g’risidagi ma’lumotlar amaldagi qonunchilikda o’rnatilgan tartibda oshkor etiladi.

5.3. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida qaror qabul qilinishi uchun aksiyadorlarga taqdim qilinuvchi materiallar tarkibida moliyaviy davr natijalari bo’yicha dividendlar to’lanishi, Jamiyat aksiyadorlar reyestriga kiritilgan shaxs Markaziy depozitariyni o’z vaqtida ma’lumotlar o’zgarganligi haqida ogohlantirishi va bu majburiyat bajarilmaganida vujudga keluvchi muammolar to’g’risidagi ma’lumotlar bo’lishi kerak.

6. AKSIYADORLARGA DIVIDENDLARNI TO’LIQ VA O’Z VAQTIDA TO’LANMASLIGI UCHUN JAVOBGARLIK

6.1. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining dividendlar to’lanishi to’g’risidagi qarorni o’z vaqtida va to’liq bajarmaslik uchun mas’uliyat Jamiyatga, amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda, yuklatiladi.

6.2. Aksiyadorlar o’z ma’lumotlari o’zgarganligi haqidagi ma’lumotni taqdim etmagan hollarda, Jamiyat bu bilan bog’liq ravishda ko’rilgan zarar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.

7. NIZOMNI TASDIQLASH VA O’ZGARTIRISH JARAYONI

7.1. Nizom Jamiyat aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining qarori bilan o’zgartiriladi va to’ldiriladi. Qaror, yig’ilishda ishtirok etayotgan Kuzatuv kengashi a’zolarining oddiy ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

7.2. Mazkur Nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilishi to’g’risidagi taklif “ELEKTROGAZ” AJning Kuzatuv kengashi to’g’risidagi” Nizomda o’rnatilgan tartibda kiritiladi.

7.3. Agar qonunchilik va boshqa me’yoriy xujjatlardagi o’zgarishlar natijasida mazkur Nizomning bandlari ular bilan qarshi bo’lsa, bu bandlar Nizomga tegishli o’zgartirishlar kiritilishiga qadar o’z kuchini yo’qotadi. “ELEKTROGAZ” AJ o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining qonunchilik va boshqa me’yoriy xujjatlariga qat’iy rioya qiladi.

Aloqalar

Manzilimiz: 100154, Toshkent, Sergeli,
Yuzhnaya promzona, Proektnaya kuchasi.
Telefon: +(998 71) 258-92-01
Faks: +(998 71) 257-70-15
E-mail: info@elektrogaz.uz

Muhim ma'lumotlar

Materiallardan foydalanganda, quyidagi havolani keltirish majburiy.
Copyright © 2015-2024
Saytning oxirgi yangilangan sanasi: 06.06.2024 y.