Настройки отображения

Размер шрифта:
Цвета сайта
Изображения

Параметры

Has no content to show!

Davlat Raqobat Qo'mitasida seminar bo'lib o'tdi

image001

Joriy yilning 25 noyabr kuni Davlat raqobat qo'mitasida bo'lib o'tgan seminar tadbirkorlik faoliyatiga to'sqinlik qilganlik uchun davlat, nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirishga, shuningdek, xususiy mulkni himoya qilishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasining ma'muriy va jinoiy qonunchiligiga kiritilgan asosiy o'zgartirishlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag'ishlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 20 avgustida “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub'ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qonun qabul qilindi.

Fond birjasi bitimlar soni bo'yicha so'nggi besh yildagi rekord ko'rsatkichga erishdi

image0032015 yilning 9 oyi yakunlariga ko'ra, “Toshkent” Respublika fond birjasida qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshirilgan bitimlar soni, so'nggi besh yilning mazkur davrida tuzilgan bitimlar soniga nisbatan rekord ko'rsatkichni – 1844 tani tashkil etib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 3 marta (611 ta bitim) hamda 2014 yil yakunlariga nisbatan 2 marta (893 bitim) yuqori natija qayd etildi.

Ta'kidlash lozimki, 2015 yilning o'tgan 9 oyi mobaynida fond birjasi savdo aylanmasining umumiy hajmida ham sezilarli o'sish kuzatilib, yil boshidan buyon birja savdo aylanmasi 113,5 mlrd. so'mni tashkil qildi va o'tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 1,7 martaga oshdi. Yil boshidan buyon birja savdolari orqali 65 ta aksiyadorlik jamiyatining 202,2 mln. dona qimmatli qog'ozlari bilan birja bitimlari amalga oshirildi.