O'zbekiston fond bozorini modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda

 

Mazkur loyiha doirasida joriy yilning 22-noyabr kuni Toshkentga loyiha menejeri janob Kyoil Jung boshchiligida fond bozorida axborot texnologiyalar sohasidagi koreyalik ekspertlaridan tashkil topgan delegatsiya navbatdagi uchrashuvga tashrif buyurdi.

Tashrif buyurishdan maqsad respublikadagi amal qilayotgan qimmatli qog’ozlar bilan savdo va ularning hisobini yuritish mexanizmi va texnologiyalarni batafsil o’rganish, savdo-sotiqning zamonaviy tizimlarni muvaffaqiyatli tadbiq etish uchun korporativ qimmatli qog’ozlarni hisobga olish, kliring va hisob-kitob qilish hamda Kompleksni yaratish uchun asbob-uskunalar va dasturiy ta’minotni yetkazib berish va joriy etish muddatlarini muhokama etishdan iborat.

Koreya delegatsiyasi ishchi uchrashuvlari Qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlanirish markazi, TIF Milliy banki, Markaziy depozitariy, “Toshkent” RFB mas’ul mutaxassislari va qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchilari bilan birga o’tkazilmoqda.
Koreya delegatsiyasi tashrifi joriy yilning 27-noyabrigacha davom etishi rejalashtirilgan.

 

http://gkk.uz/

 

Aloqalar

Manzilimiz: 100154, Toshkent, Sergeli,
Yuzhnaya promzona, Proektnaya kuchasi.
Telefon: +(998 71) 258-92-01
Faks: +(998 71) 257-70-15
E-mail: info@elektrogaz.uz

Muhim ma'lumotlar

Materiallardan foydalanganda, quyidagi havolani keltirish majburiy.
Copyright © 2015-2024
Saytning oxirgi yangilangan sanasi: 06.06.2024 y.