Taftish komissiyasi to’g’risida Nizom

 

“ELEKTROGAZ” AJ

Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan

2014 yil “15” oktyabrda

“TASDIQLANGAN”

 

“ELEKTROGAZ” AKSIYADORLIK JAMIYATINING TAFTISH KOMISSIYASI TO’G’RISIDA 

NIZOM

 

 

1. Umumiy qism.

2. Taftish komissiyasining xuquqiy maqomi.

3. Taftish komissiyasining tarkibi.

4. Taftish komissiyasining vazifalari.

5. Taftish komissiyasining xuquq va vakolatlari.

6. Taftish komissiyasi va uning a’zolarining majburiyatlari.

7. Taftish komissiyasining yig’ilishlari.

 

1. UMUMIY QISM

1.1. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni hamda keyingi o’rinlarda Jamiyat deb yuritiluvchi, “ELEKTROGAZ” AJning Ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan.

1.2. Mazkur Nizom Taftish komissiyasining vakolati, uning saylanish tartibi hamda komissiya a’zolarining xuquq va majburiyatlarini belgilaydi.

2. TAFTISH KOMISSIYASINING XUQUQIY MAQOMI

2.1. Aksiyadorlik Jamiyatining faoliyatini ichki moliya-xo’jalik va xuquqiy nazoratini amalga oshirilishi uchun Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan Jamiyatning Taftish komissiyasi tayinlanadi.

2.2. Taftish komissiyasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi, davlat boshqaruvining qonunosti xujjatlari, Aksiyadorlik Jamiyatining Ustavi, mazkur Nizom va Taftish komissiyasi va uning a’zolari faoliyatiga oid, aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan qabul qilinuvchi boshqa xujjatlarga asoslanib ish olib boradi.

3. TAFTISH KOMISSIYASINING TARKIBI

3.1. Taftish komissiyasi aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan saylandi. Ovoz berish, Taftish komissiyasiga a’zo bo’lmoqchi bo’lgan har bir nomzod uchun alohida amalga oshiriladi. Aniq bir shaxsning Taftish komissiyasi tarkibiga kiritilishi to’g’risida qaror, u uchun aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida ishtirok etuvchilarning (ularning vakillarining) ko’pchiligi ovoz berganidagina qabul qilinadi.

3.2. Taftish komissiyasi uch nafar a’zodan tashkil topadi. Taftish komissiyasi bir yil muddatga, uning vakolati aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan davom ettirilishi xuquqi bilan saylanadi.

3.3. Bitta shaxs Taftish komissiyasi tarkibiga ketma-ket uch martadan ortiq saylanishi mumkin emas.

3.4. Taftish komissiyasining a’zosi bir vaqtning o’zida Kuzatuv kengashiga a’zo bo’lishi, yoki shu Jamiyatda mehnat shartnomasi asosida faoliyat yuritishiga yo’l qo’yilmaydi.

4. TAFTISH KOMISSIYASINING VAZIFALARI

4.1. Jamiyatning bir yil yoki boshqa muddat uchun moliyaviy-xo’jalik faoliyati tekshiruvi Taftish komissiyasi, aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi, Kuzatuv kengashi yoki Jamiyatning 5 foizidan kam bo’lmagan aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiydorlarning) talabi bilan, Jamiyat Kuzatuv kengashini yozma xabardor qilish orqali amalga oshiriladi.

Jamiyatning boshqaruv organlarida lavozimga egalik qiluvchi shaxslar Taftish komissiyasining talabi bilan, Jamiyatning moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga oid xujjatlarni taqdim qilishlari shart.

Taftish komissiyasi navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini chaqirish xuquqiga egadir.

4.2. O’z vazifalarini bajarishda, Taftish komissiya quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • Aksiyadorlik Jamiyatining moliyaviy xujjatlarini tekshirish, Taftish komissiyasining mulkni inventarlashtirish to’g’risida xulosasi, ko’rsatilgan xujjatlarning buxgalteriya xisobining birlamchi ma’lumotlariga muvofiqligini taqqoslash;
  • Aksiyadorlik Jamiyati nomidan tuzilgan shartnomalar, amalga oshirilgan shartnomalar, kontragentlar bilan xisob-kitoblarning qonuniyligini tekshirish;
  • buxgalteriya va statistika hisobotlarining mavjud me’yoriy xujjatlarga muvofiqlik darajasining tahlili;
  • moliyaviy-xo’jalik va ishlab chiqarish faoliyatida o’rnatilgan me’yorlar, qoidalar hamda boshqa xujjatlarga rioya etilishining tekshiruvi.;
  • Jamiyat moliyaviy vaziyatining, to’lov qobiliyatining, likvidligining, o’z va qarz mablag’lar nisbatining, zahira mablag’larning Jamiyat iqtisodiy holati yaxshilanishiga ta’sirining tahlili;
  • maxsulot va xizmat yetkazib beruvchilarning to’lovlari o’z vaqtida va to’liq amalga oshirilishi, boshqa majburiyatlarning o’z vaqtida bajarilishining tekshiruvi;
  • soliq inspeksiyasi, statistika va davlat boshqaruvi organlariga topshiriluvchi balanslar, xisobotlarning to’g’ri tuzilganligini tekshirish;
  • Aksiyadorlik Jamiyati tomonidan qabul qilingan qarorlarning Ustav, Aksiyadorlik Jamiyatining Ijro etuvchi organi to’g’risidagi Nizom va aksiyadorlar Umumiy yig’ilishlarining qarorlariga muvofiqligini tekshirish;
  • aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi qarorlarining tahlili. Ularda O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi va boshqa me’yoriy xujjatlariga nomutanosiblik mavjud bo’lsa, ularni o’zgartirish to’g’risida takliflar kiritish.

5. TAFTISH KOMISSIYASINING XUQUQ VA VAKOLATI

5.1. O’z vazifalarini kerakli tarzda bajarilishi uchun Taftish komissiyasi quyidagi xuquqlarga ega:

  • Aksiyadorlik Jamiyatini boshqaruvchi organlar, uning bo’linma va xizmatlari, mansabdor shaxslardan, Taftish komissiyasining vazifalari va vakolatiga muvofiq bo’lgan, uning ishi uchun zarur xujjatlarni talab qilish va olish. Bunday xijjatlar, Taftish komissiyasining yozma talabnomasi kelib tushgan kundan boshlab, uch kun ichida taqdim qilinishi lozim;
  • Aksiyadorlik Jamiyatining ishlab chiqarish, xo’jalik, xuquqiy faoliyatidagi yo’l qo’yilgan xatoliklar, aniqlangan Jamiyat manfaatlariga tahdid soluvchi holatlar vakolatli shaxslar, Kuzatuv kengashi, aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining qarorini talab qilsa, ulardan Kuzatuv kengashining yig’ilishini yoki aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini chaqirishni talab qilish;
  • Aksiyadorlik Jamiyatining ishlab chiqarish, xo’jalik, xuquqiy faoliyatidagi yo’l qo’yilgan xatoliklar, Jamiyat manfaatlariga tahdid soluvchi holatlar aniqlanganida, aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini (bir ovozdan qabul qilingan qaror bilan) chaqirish;
  • Taftish komissiyasining vakolat doirasidagi masalalar yuzasidan Aksiyadorlik Jamiyatining ishchilari, shu jumladan, mansabdor shaxslaridan, shaxsan tushuntirish berilishini talab qilish;
  • Aksiyadorlik Jamiyatini boshqaruvchi organlar, uning bo’linma va xizmatlari, mansabdor shaxslari oldiga, ishchilar tomonidan vazifalarida buzilishlarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, ishchining mas’uliyati masalasini qo’yish;
  • aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan tasdiqlangan “ELEKTROGAZ” AJ Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi a’zolarini moddiy rag’batlantirishning tartibi va xajmi to’g’risidagi” Nizomga muvofiq, Jamiyatning xisobot yilidagi moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalariga ko’ra o’z faoliyati uchun mukofot olish.

6. TAFTISH KOMISSIYASI VA UNING A’ZOLARINING MAJBURIYATLARI

6.1. Taftish komissiyasining a’zolari tekshiruv o’tkazayotganda, tekshiruv predmetiga tegishli bo’lgan barcha xujjat va materiallarni sinchkovlik bilan o’rganib chiqishlari lozim. Taftish komissyasining a’zolari notgo’g’ri tuzilgan xulosa uchun, aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan belgilangan tartibda mas’uldirlar.

6.2. Agar Taftish komissiyasi tarkibidagi vakolat davrida Taftish komissiyasining a’zosi o’z vazifalarining bajarilishini to’xtatishni niyat qilsa, u bu haqida bir oy oldin Kuzatuv kengashini xabardor qilishi lozim. Bunday hollarda eng yaqin aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida Taftish komissiyasining yangi a’zosi tayinlanadi.

6.3. Taftish komissiyasining majburiyatlari:

  • amalga oshirilgab taftish va tekshiruvlarning natijasini o’z vaqtida aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi, Kuzatuv kengashi, Ijro etuvchi organ e’tiboriga yozma hisobot, xabarnoma, ma’lumot sifatida Jamiyatni Boshqarish organlari majlislarida yetkazish;
  • tijorat sirini saqlash, Taftish komissiyasi o’z vazifalarini bajarish jarayonida ega bo’lgan maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik;
  • vakolatli shaxslardan, Jamiyat manfaatiga tahdid soluvchi vaziyatlar yoki mansabdor shaxslar tomonidan mansabni suiiste’mol qilish holatlari aniqlanganida, Kuzatuv kengashi majlisini yoki aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining chaqirilishini talab qilish;

6.4. Taftish komissiyasi yig’ilish o’tkazilishidan kamida 5 kun oldin Kuzatuv kengashiga yillik xisobot va balanslar yuzasidan xulosasini moliyaviy xisobot va buxgalteriya xisobining talablariga muvofiq ravishda topshiradi. Komissiya xulosasi mavjud bo’lmasa, Umumiy yig’ilish balansni tasdiqlash xuquqiga ega bo’lmaydi.

6.5. Jamiyatning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tekshirish natijalariga ko’ra, Taftish komissiyasi o’z ichiga quyidagi ma’lumotlarni olgan xulosasini taqdim etadi:

  • xisobotlar hamda Jamiyatning boshqa moliyaviy xujjatlarida keltirilgan ma’lumotlarning xaqqoniyligini baholash;
  • moliyaviy-xo’jalik faoliyatini oshirish jarayonida buxgalteriya xisobini yuritish, moliyaviy xisobotlarni taqdim qilish tartibi hamda qonunchilik buzilishiga yo’l qo’yilgan holatlat to’g’risida ma’lumot.

6.6. Taftish komissiyasi har chorakda Kuzatuv kengashining majlisida ko’rib chiqilish uchun o’zining Jamiyatda yirik bitimlar yoki affillangan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar yuzasidan hamda bunday bitimlarning tuzilishida qonunchilik hamda Jamiyatning ichki xujjatlari talablariga rioya etilganligi yuzasidan xulosasini taqdim qiladi. Mazkur Nizomning 6.4. bandida keltirilgan ma’lumotlarni o’z ichiga olgan xulosa aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida o’qib eshittiriladi.

7. TAFTISH KOMISSIYASINING MAJLISLARI

7.1. Taftish komissiyasining majlislari tasdiqlangan reja asosida, tekshiruv yoki taftish boshlanishidan oldin va tugaganidan so’ng o’tkaziladi.          Komissiya a’zosi, Taftish komissiyasining zudlik bilan qabul qilinishi kerak bo’lgan qaroriga ehtiyoj tug’ilganida, Taftish komissiyasining favqulodda majlisini chaqirishga haqlidir.

7.2. Taftish komissiyasining majlisi, unda komissiya a’zolarining 50 % dan ortig’i ishtirok etayotgan bo’lsa, qonuniy kuchga ega deb hisoblanadi.

7.3. Taftish komissiyasining xujjat va xulosalari ko’pchilik ovoz bilan tasdiqlanadi. Komissiyaning har bir a’zosi bir ovozga ega. Ovozlar teng kelganida, raisning ovozi hal qiluvchi kuchga ega bo’ladi.

7.4. Qabul qilingan qaror bilan norozi bo’lgan komissiya a’zosi, o’zining alohida fikrining majlis bayonnomasiga kiritilishini talab qilishi mumkin, bunda u qabul qilingan qaror uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olmaydi.

7.5. Taftish komissiyasi o’z tarkibidan rais va kotibni saylaydi.

7.6. Komissiya raisi majlislarni chaqirish va o’tkazishni, joriy ishni, Taftish komissiyasi majlislarida bayonnoma olib borilishini tashkillashtiradi, komissiya nomidan chiqayotgan xujjatlarga imzo qo’yadi, komissiya xulosalar va xujjatlarini adresatlarga yetkazadi.

 

Aloqalar

Manzilimiz: 100154, Toshkent, Sergeli,
Yuzhnaya promzona, Proektnaya kuchasi.
Telefon: +(998 71) 258-92-01
Faks: +(998 71) 257-70-15
E-mail: info@elektrogaz.uz

Muhim ma'lumotlar

Materiallardan foydalanganda, quyidagi havolani keltirish majburiy.
Copyright © 2015-2022
Saytning oxirgi yangilangan sanasi: 09.04.2022 y.