Kuzatuv kengashi a’zolari, kuzatuv kengashi kotibi va taftish komissiyasi a’zolariga ajratiladigan moddiy rag’batlantirishning tartibi va xajmi to’g’risida Nizom

 

“ELEKTROGAZ” AJ

Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan

2014 yil “15” oktyabrda

“TASDIQLANGAN”

 

“ELEKTROGAZ” AKSIYADORLIK JAMIYATINING KUZATUV KENGASHI A’ZOLARI, KUZATUV KENGASHI KOTIBI VA TAFTISH KOMISSIYASI A’ZOLARIGA AJRATILADIGAN MODDIY RAG’BATLANTIRISHNING TARTIBI VA XAJMI TO’G’RISIDA

NIZOM

 

I. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Mazkur Nizom “ELEKTROGAZ” aksiyadorlik jamiyatining (Keyingi o’rinlarda- Ja-miyat) Kuzatuv kengashi a’zolari, Kuzatuv kengashi kotibi va Taftish komissiyasi a’zolariga ajrati-ladigan moddiy rag’batlantirishning tartibi va xajmini muvofiqlashtiradi.

1.2. Nizom O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, O’zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to’g’risidagi” Qonun va “ELEKTROGAZ” aksiyadorlik jamiyatining Ustaviga muvofiq tarzda tuzilgan.

II. KUZATUV KENGASHI A’ZOLARINI RAG’BATLANTIRISHNING TARTIBI VA XAJMI

2.1. Kuzatuv kengashi a’zosini rag’batlantirishning xajmi va tartibi mazkur Nizomda bel-gilangan yo’l bilan, Jamiyat tomonidan amalga oshiriladi.

2.2. Kuzatuv kengashining a’zolari o’z vazifalarini bajarganliklari uchun Jamiyatning hisobot yilidagi moliyaviy-xo’jalik faoliyati yakunlariga ko’ra mukofotlanadilar.

2.3. Kuzatuv kengashining a’zosi o’zining vazifalarini bajarishi bilan bog’liq bo’lgan barcha harajatlarini unga belgilangan mukofot summasidan qoplaydi.

2.4. Kuzatuv kengashi a’zolarini rag’batlantirish manbai sifatida Jamiyatning joriy daromadi xizmat qiladi.

2.5. Kuzatuv kengashi a’zosiga mukofot yoki rag’bat pulining to’lanishi uchun asos sifatida quyidagilar xizmat qiladi:

  • Kuzatuv kengashining hisobot yili uchun topshirgan hisobotining aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan tasdiqlanishi;
  • Jamiyatning muvaffaqqiyatli faoliyati (zahira jamg’armasiga mablag’lar jo’natilishi, daro-mad bir qismining qayta sarmoylashtirishga yo’naltirilishi, aksiyalar bo’yicha dividend to’lovlarini amalga oshirish uchun sof daromadning mavjudligi);
  • qonunchilikda o’rnatilgan hajmda jamiyatning sof aktivlari mavjudligi;
  • hisobot davrida Kuzatuv kengashining barcha yig’ilishlarida faol (guruh bilan) ishtirok et-ish;
  • Kuzatuv kengashining muhokamasiga dolzarb masalalarni tayyorlash va olib chiqish;
  • aksiyadorlar, shu jumladan, minoritar aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish.

2.6. Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolariga yillik mukofot, to’lov amalga oshirilishi kunida O’zbekiston Respublikasida amal qiluvchi eng kam oylik ish haqining 20 (yigirma) barobari miqdor-ida amalga oshiriladi.

2.7. Kuzatuv kengashi a’zolariga mukofot to’lanishi Jamiyat tomonidan amalga oshirilib, u Kuzatuv kengashi a’zosining turar joyi bo’yicha soliq organiga daromadlar va soliq solinishi to’g’risidagi ma’lumotnomani jo’natadi.

TAFTISH KOMISSIYASI A’ZOSINI RAG’BATLANTIRISHNING TARTIBI VA XAJMI

3.1. Taftish komissiyasi a’zosini rag’batlantirishning xajmi va tartibi mazkur Nizomda belgilangan yo’l bilan, Jamiyat tomonidan amalga oshiriladi.

3.2. Taftish komissiyasi a’zolari o’z vazifalarini bajarganliklari uchun Jamiyatning hisobot yilidagi moliyaviy-xo’jalik faoliyati yakunlariga ko’ra mukofotlanadilar.

3.3. Taftish komissiyasi a’zosi o’zining vazifalarini bajarishi bilan bog’liq bo’lgan barcha harajatlarini unga belgilangan mukofot summasidan qoplaydi.

3.4. Taftish komissiyasi a’zolarini rag’batlantirish manbai sifatida Jamiyatning joriy daromadi xizmat qiladi.

3.5. Taftish komissiyasi a’zolariga mukofot to’lanishi Jamiyat tomonidan amalga oshirilib, u Kuzatuv kengashi a’zosining turar joyi bo’yicha soliq organiga daromadlar va soliq solinishi to’g’risidagi ma’lumotnomani jo’natadi.

3.6. Taftish komissiyasi a’zosiga mukofot to’lash uchun asos sifatida, Taftish komissiyasining Jamiyat tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy-xo’jalik faoliyat tekshiruvi natijalariga ko’ra tuzilgan xulosasining aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan tasdiqlanishi xizmat qiladi.

3.7. Jamiyat Taftish komissiyasi a’zolariga yillik mukofot, to’lov amalga oshirilishi kunida O’zbekiston Respublikasida amal qiluvchi eng kam oylik ish haqining 10 (o’n) barobari miqdorida amalga oshiriladi.

3.8. Taftish komissiyasi a’zolariga mukofot to’lanishi Jamiyat tomonidan amalga oshirilib, u Kuzatuv kengashi a’zosining turar joyi bo’yicha soliq organiga daromadlar va soliq solinishi to’g’risidagi ma’lumotnomani jo’natadi.

IV. KUZATUV KENGASHI KOTIBINI MUKOFOTLASH TARTIBI VA XAJMI

4.1. Kuzatuv kengashi kotibini rag’batlantirishning xajmi va tartibi mazkur Nizomda belgilangan yo’l bilan, Jamiyat tomonidan amalga oshiriladi.

4.2. Kuzatuv kengashining kotibi o’z vazifasini bajarganligi uchun, aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining qarorlaridan mustaqil ravishda har chorakda mukofot oladi.

4.3. Kuzatuv kengashining kotibi xujjatlar bilan ishlaydi, xujjatlarning, qarorlarning loyihasini tayyorlaydi va mukofot olishga to’la haqlidir.

4.4. Kuzatuv kengashi kotibiga mukofot to’lanishi Jamiyat tomonidan qonunchilikda o’rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.

4.5. Kuzatuv kengashi kotibiga mukofot to’lov amalga oshirilishi kunida O’zbekiston Respublikasida amal qiluvchi eng kam oylik ish haqining 4 (to’rt) barobari miqdorida har chorakda to’lanadi.

4.6. Kuzatuv kengashi kotibiga mukofot to’lash bilan bog’liq sarf-harajatlar Jamiyatning joriy hara-jatlari xisobidan qoplanadi.

V. BOSHQA QOIDALAR

5.1. Agar, Kuzatuv kengashining a’zosi tomonlardan biri Jamiyat bo’lgan bitimda moddiy manfaatdor bo’lsa va bu bitim amalga oshirilishi maqsadga muvofiq deb tan olingan bo’lsa, Kuzatuv kengashining a’zosi avvaldan o’zining mazkur bitimning amalga oshirilishidan manfaatdor ekanligini ma’lum qilishi kerak.

5.2. Kuzatuv kengashining kotibi Kuzatuv kengashining xujjatlarini yuritib, Jamiyat Kuzatuv kengashining majlislarida ovoz berish xuquqiga ega emasdir.

5.3. Kuzatuv kengashining a’zolari, Kuzatuv kengashining kotibi hamda Taftish komissiyasining a’zolariga mukofot to’lanishi bilan bog’liq bo’lgan baxslar vujudga kelganida, ular qonunchilikda o’rnatilgan tartibda va muddatlarda ko’rib chiqiladi va hal qilinadi.

 

Aloqalar

Manzilimiz: 100154, Toshkent, Sergeli,
Yuzhnaya promzona, Proektnaya kuchasi.
Telefon: +(998 71) 258-92-01
Faks: +(998 71) 257-70-15
E-mail: info@elektrogaz.uz

Muhim ma'lumotlar

Materiallardan foydalanganda, quyidagi havolani keltirish majburiy.
Copyright © 2015-2022
Saytning oxirgi yangilangan sanasi: 09.04.2022 y.