Umumiy yig’ilishi to’g’risida Nizom

 

“ELEKTROGAZ” AJ

Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan

2014 yil “15” oktyabrda

“TASDIQLANGAN”

 

“ELEKTROGAZ” AKSIYADORLIK JAMIYATINING AKSIYADORLAR UMUMIY YIG’ILISHI TO’G’RISIDA

NIZOM

 

 

1. Umumiy qoidalar.

2. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining vakolat doirasi.

3. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining qarorlari.

4. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida ishtirok etish xuquqi.

5. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining o’tkazilishi to’g’risida ma’lumot.

6. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining kun tartibiga kiritiluvchi masalalar yuzasidan takliflar.

7. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining o’tkazilishiga tayyorgarlik.

8. Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi.

9. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining kvorumi .

10. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida ovoz berish.

11. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining bayonnomasi.

12. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining ishchi organlari.

13. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining qarorlarini bajarish.

 

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonun (yangi tahrirda) (keyingi o’rinlarda Qonun), O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, O’zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy-xuquqiy hujjatlari hamda “ELEKTROGAZ” AJ (keyingi o’rinlarda Jamiyat) Ustaviga (yangi tahrirda) muvofiq ishlab chiqilgan.

1.2. Mazkur Nizom “ELEKTROGAZ” Aksiyadorlik Jamiyati aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining maqomini belgilaydi hamda uning ishini, o’tkazilishini hamda unda qarorlar qabul qilish tartibini muvofiqlashtiradi.

1.3. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi Jamiyatning oily boshqaruv organidir.

1.4. Jamiyat har yili aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini o’tkazishi shart (yillik aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi).

1.5. Jamiyat har yili aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini o’tkazishi shart (yillik aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi). Yillik aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi moliyaviy yakunlanganidan so’ng olti oydan kechikmagan holda o’tkazilishi lozim. Yillik aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida Jamiyatning Kuzatuv kengashi hamda Taftish komissiyasining saylanishi, Boshqaruv Raisi hamda a’zolari bilan tuzilgan mehnat shartnomasining muddatini uzaytirish, qayta tuzish yoki to’xtatish to’g’risidagi masalalar yuzasidan qaror qabul qilinadi. Shuningdek amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda yillik hisobot va boshqa hujjatlar ko’rib chiqiladi.

1.6. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini o’tkazish sanasi va tartibi, uning o’tkazilishi to’g’risida aksiyadorlarga ma’lumot berish tartibi, aksiyadorlarga taqdim qilinuvchi materiallar (ma’lumotlar) ro’yxati, Umumiy yig’ilishni o’tkazishga tayyorgarlik jarayonida Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.

1.7. Yillik aksiyadorlar Umumiy yig’ilishidan tashqari o’tkaziluvchi aksiyadorlar Umumiy yig’ilishlari navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi deb hisoblanadi.

2. AKSIYADORLAR UMUMIY YIG’ILISHINING VAKOLAT DOIRASI

2.1. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:

а) Jamiyat Ustaviga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, Ustavni yangi tahrirda tasdiqlash;

b) Jamiyatni qayta tashkil etish;

v) Jamiyatni tugatish, tugatuvchi (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;

g) Jamiyat Kuzatuv kengashi hamda jamiyat aksiyadorlari qo’mitasi a’zolarining son tarkibini belgilash, ularga a’zolarni saylash va vakolatini muddatdn oldin to’xtatish;

d) e’lon qilingan aksiyalarning chegaraviy hajmini belgilash;

е) Jamiyat Ustav kapitalini kamaytirish;

j) O’z aksiyalarini xarid qilish;

z) Jamiyat tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijro etuvchi organni shakllantirish, Boshqaruvni saylash (qayta saylash);

i) Jamiyat taftish komissiyasini (Taftishchisini) saylash va ularning vakolatini muddatdan oldin to’xtatish, shuningdek Taftish komissiyasi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash;

k) Jamiyatning yillik hisoboti va Biznes rejasini tasdiqlash;

l) Jamiyatning daromad va harajatlarini taqsimlash;

m) uning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan Kuzatuv kengashining xisobotlarini va Jamiyat Taftish komissiyasining (Taftishchisining) xulosalarini eshitish, Kuzatuv kengashining xisobotlarini va Jamiyat Taftish komissiyasining (Taftishchisining) xulosalarini tuzishga qo’yilgan talablarga rioya etilish masalalari shular jumlasidandir;

n) Jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga aynaltiriladigan obligatsiyalar chiqarilishi to’g’risida qaror qabul qilish;

о) hosila qimmatli qog’ozlarini chiqarish to’g’risida qaror qabul qilish;

p) Jamiyat korporativ obligatsiyalarini qayta sotib olish to’g’risida qaror qabul qilish;

r) aksiyadorning imtiyozli xuquqini qo’llamaslik to’g’risida qaror qabul qilish;

s) aksiyalarni yoki aksiyalarga aylanuvchi emission qimmatli qog’ozlarni xarid qilishda aksiyadorning imtiyozli xuquqini qo’llamaslik to’g’risida qaror qabul qilish;

t) aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining reglamentini tasdiqlash;

u) aksiyalarni bo’lish va yig’ib olish;

f) Jamiyat ijro etuvchi organiga to’lanadigan mukofot va (yoki) tovon pullarini va ularning chegaraviy hajmini belgilash;

х) Jamiyat tomonidan affillangan shaxslar bilan yirik bitimlar tuzish to’g’risidagi qarorni qabul qilish;

c) qonunchilikka muvofiq boshqa masalalarni hal qilish.

3. AKSIYADORLAR UMUMIY YIG’ILISHINING QARORLARI

3.1. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida ovoz berishga qo’yilgan masalalar yuzasidan ovoz berish xuquqiga quyidagilar egadirlar:

  • uning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan, jamiyatning oddiy aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlar;

3.2. Ovoz berihga qo’yilgan masala yuzasidan aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining qarori, yig’ilishda ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalarga egalik qiluvchi aksiyadorlarning oddiy ko’pchilik ovoz berishi yo’li bilan qabul qilinadi.

3.3. Mazkur Nizomning b, v, g, m bandlarida keltirilgan masalalar yuzasidan qaror yig’ilishda ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalarga egalik qiluvchi aksiyadorlarning ko’pchilik to’rtdan uch qismini tashkil qiluvchi ovozlari (malakali ko’pchilik) bilan qabul qilinadi.

3.4. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi yig’ilish kun tartibiga kiritilmagan masala yuzasidan qaror qabul qilishi yoki yig’ilish kun tartibiga o’zgartirish kiritishi mumkin emas.

3.5. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan qabul qilingan qarorlar belgilangan tartibda va muddatlarda, lekin ular qabul qilinganidan so’ng o’ttiz kundan kechikmagan muddat ichida aksiyadorlarga yetkaziladi.

3.6. Aksiyador, ma’lum bir masala yuzasidan qaror qabul qilinishida uzrli sabab bilan ishtirok etmagan bo’lsa yoki shu qarorning qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan bo’lsa, sudga murojaat etib, shu masalaning qayta ko’rib chiqilishini talab qilishi mumkin.

4. AKSIYADORLAR UMUMIY YIG’ILISHIDA ISHTIROK ETISH XUQUQI

4.1. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida ishtirok etish xuquqiga, yig’ilish o’tkazilishidan uch kun oldin shakllantirilgan aksiyadorlar reyestriga kiritilgan aksiyadorlar egadirlar.

4.2 Aksiyadorning talabi bilan, Jamiyat uning aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi o’tkazilishi uchun shakllantirilgan aksiyadorlar reyestriga kiritilganligi to’g’risida ma’lumotni taqdim qilishi shart.

4.3. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida ishtirok etish uchun, aksiyadorlar, Umumiy yig’ilish o’tkazilishi to’g’risidagi xabarnomada keltirilgan vaqt va joyda ro’yxatdan o’tishlari lozim.

4.4. Jismoniy shaxs bo’lgan aksiyadorlarning aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tkazilishi pasport yoki shaxsnin tasdiqlovchi boshqa xujjat taqdim etilganida, ishonchli vakil esa shunga qo’shimcha ravishda notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan ishonchnomani taqdim qilganida amalga oshiriladi.

4.5. Yuridik shaxs bo’lgan aksiyadorning vakili uning nomiga rahbarning, yoki ta’sis xujjatlarida bunga vakolatli etib tayinlangan shaxsning imzosi hamda yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan ishonchnomani taqdim qilish orqali ro’yxatdan o’tkaziladi.

4.6. Aksiyadorlar Umumiy yig;ilishida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan aksiyadorlarning ro’yxatga olinishi, Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan sanada tuzilgan Jamiyat aksiyadorlari reyestriga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.

4.7. В Umumiy yig’ilishda ishtirok etish xuquqiga ega bo’lgan aksiyadorlar reyestriga muvofiq ro’yxat tuziladi.

4.8. Ro’yxat kitobcha holiga keltirilib, raqamlangan, tikilgan va aksiyadorlik jamiyatining muxri bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak.

5. AKSIYADORLAR UMUMIY YIG’ILISHI O’TKAZILISHI TO’G’RISIDA MA’LUMOT

5.1. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi to’g’risidagi xabarnoma jamiyatning rasmiy veb-sahifasida, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinib, aksiyadorlarning electron pochta manzillariga yig’ilish o’tkazilishidan kamida yetti kun oldin va ko’pi bilan o’ttiz kun oldin yuboriladi.

5.2. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining o’tkazilishi to’g’risidagi xabarnoma o’z ichiga quyidagi ma’lumotlarni olishi lozim:

  • Jamiyatning nomi, manzili (pochta manzili) va electron pochta manzili;
  • umumiy yig’ilish o’tkaziladigan sanasi, vaqti va joyi;
  • Jamiyat aksiyadorlari reyestrining shakllantirilish sanasi;
  • Umumiy yig’ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar;
  • aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini o’tkazishga tayyorgarlik jarayonida aksiyadorlar va davlat vakiliga taqdim qilinishi lozim bo’lgan materiallar va ma’lumotlar bilan aksiyadorlar va davlat vakilining tanishib chiqish tartibi.

5.3. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini o’tkazishga tayyorgarlik jarayonida aksiyadorlar va davlat vakiliga taqdim qilinishi lozim bo’lgan materiallar va ma’lumotlar o’z ichiga jamiyatning yillik hisobotini, jamiyatning yillik moliyaviy-xo’jalik faoliyati tekshiruvi natijasi yuzasidan taftish komissiyasi va auditorlik tashkilotining xulosasini, Kuzatuv kengashining Boshqaruv raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini davom ettirish, qayta tuzish yoki to’xtatish to’g’risidagi xulosasini, shuningdek, Jamiyat Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasiga a’zolikka nomzodlar to’g’risidagi ma’lumotlarni, Jamiyat Ustaviga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalarning loyihasi, yoki Ustav yangi tahririning loyihasini olishi kerak.

6. AKSIYADORLAR UMUMIY YIG’ILISHINING KUN TARTIBIGA KIRITILUVCHI MASALALAR YUZASIDAN TAKLIFLAR

6.1. Jamiyatning umumiy ovoz beruvchi aksiyalarining bir foizidan kam bo’lmagan aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) moliyaviy yil yakunidan son’g o’ttiz kundan kechikmagan holda aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining kun tartibiga kiritilishi lozim bo’lgan masalani ma’lum qilishi va Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasiga nomzodlarni kiritishga haqlidirlar, bunda tavsiya etilayotgan nomzodlarning soni shu organning son tarkibidan oshmasligi lozim.

6.2. Aksiyador (aksiyadorlar) yillik aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi to’grisida xabarnoma e’lon qilingan kundan boshlab, uch ish kunidan kechikmagan holda, Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasiga tavsiya qilgan nomzodlari ro’yxatiga o’zgartirish kiritishi mumkin.

6.3. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining kun tartibiga kiritilishi kerak bo’lgan masala yozma ravishda, uning sabablari, uni kiritayotgan aksiyador (aksiyadorlar)ning ismi (nomi), ularga tegishki bo’lgan aksiyalar soni va turi ko’rsatilgan holda topshirilishi lozim

6.4. Jamiyat Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasiga nomzodlarni tavsiya qilishda, shu jumladan, o’z o’zini tavsiya qilishda, nomzodning ismi, unga tegishli bo’lgan aksiyalar soni va turi (agar nomzod Jamiyat aksiyadori bo’lsa) hamda nomzodni tavsiya qilayotgan aksiyadorlarning ismi (nomi), ularga tegishli aksiyalar soni va turi ko’rsatilishi lozim.

6.5. Aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi kun tartibiga taqdim qilingan masalalar yig’ilish kun tartibiga kiritilishi, hamda Jamiyat Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasiga a’zolikka nomzod sifatida tavsiya qilingan nomzodlar ro’yxatiga kiritilishi lozim. Quyidagi holatlar bundan mustasno:

  • aksiyadorlar (aksiyador) mazkur Nizomning 4.6-bandida ko’rsatilgan muddatlarga rioya qilmagan boi’lsa;
  • aksiyadorlar (aksiyador) mazkur Nizomning 4.6-bandida ko’rsatilgan hajmdagi ovoz beruvchi aksiyalarning egasi bo’lmasa;
  • Jamiyatning saylanuvchi organlariga nomzodlar to’g’risidagi ma’lumotlar to’liq bo’lmasa;
  • takliflar qonunchilik hujjatlarining talablariga to’g’ri kelmasa.

6.6. Jamiyat Kuzatuv kengashining masalaning aksiyadorlar Umumiy yigilishining kun tartibiga kiritilishi, yoki Jamiyat Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasiga a’zolikka nomzodning ovoz berish uchun nomzodlar ro’yxatiga kiritilishi to’g’risidagi murojaatga rad javobi berilishi to’g’risidagi asoslangan qaror aksiyadorlarga (aksiyadorga) taklif kelib tushganidan uch kundan kechikmagan holda yetkaziladi..

6.7. Jamiyat Kuzatuv kengashining aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi kun tartibiga kiritilish uchun taqdim etilgan masala hamda Jamiyat Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasiga a’zolikka nomzodlarning ovoz berish uchun tavsiya qilingan nomzodlar rad etilganida, bu qaror sud orqali qayta ko’rib chiqilishi mumkin.

7. AKSIYADORLAR UMUMIY YIG’ILISHINI O’TKAZISHGA TAYYORGARLIK

7.1. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini o’tkazishga tayyorgarlikda Jamiyatning Kuzatuv kengashi, mazkur Nizomning 8.11 bandida ko’zda tutilgan hollarda esa, Umumiy yig’ilishni chaqirayotgan shaxslar, quyidagilarni belgilaydi:

  • aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi o’tkaziladigan sana, joy va vaqt;
  • aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining kun tartibi;
  • aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida ishtirok etish xuquqiga ega bo’lgan aksiyadorlar ro’yxatining tuzilish sanasi;
  • aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi o’tkazilishi to’g’risidagi ma’lumotning aksiyadorlarga yetkazishning shakli;
  • aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini o’tkazishga tayyorgarlik jarayonida, aksiyadorlarga taqdim qilinuvchi ma’lumotlarning (materiallarning) ro’yxati;
  • byulletenlar orqali ovoz berish ko’zda tutilgan bo’lsa, ovoz berish byulletening shakli va matni.

7.2. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining kun tartibiga aniq masala shaklini o’z ichiga olmagan savollarning kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi (shu jumladan, “turli”, “boshqalar” va hokazo).

7.3. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining o’tkazilish sanasi uning o’tkazilishi to’g’risidagi qaror qabul qilinishidan o’n kundan kam va o’ttiz kundan ko’p bo’lmagan muddat ichida belgilanishi lozim.

8. NAVBATDAN TASHQARI AKSIYADORLAR UMUMIY YIG’ILISHI

8.1. Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi Jamiyat Kuzativ kengashining qarori bilan, uning o’z tashabbusiga, Taftish komissiyasining talabiga, yozma talabnoma taqdim qilinish sanasiga Jamiyatning kamida besh foiz ovoz beruvchi aksiyalariga ega bo’lgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga ko’ra chaqiriladi.

8.2. Aksiyadorlari Umumiy yig’ilishini uning o’z tashabbusiga, Taftish komissiyasining talabiga, yozma talabnoma taqdim qilinish sanasiga Jamiyatning kamida besh foiz ovoz beruvchi aksiyalariga ega bo’lgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga ko’ra chaqirish Kuzatuv kengashi tomonidan, aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini chaqirish to’g’risidagi talabnoma kelib tushgan kundan 30 kundan oshmagan holda amalga oshiriladi.

8.3. Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini chaqirish to’g’risidagi talabnoma o’z ichiga yig’ilish kun tartibiga kiritilishi kerak bo’lgan masalalarni, ularni kiritilish sabablarini ko’rsatgan holda kiritilishi lozim.

8.4. Jamiyat Kuzatuv kengashi navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining kun tartibiga kiritilishi lozim bo’lgan masalalarni, ular Jamiyatning Taftish komissiyasining, auditorining yoki Jamiyatning 5 foizidan kam bo’lmagan aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyador(lar)ning talabi bilan kiritilgan bo’lsa, o’zgartirishi mumkin emas..

8.5. Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini chaqirish talabi aksiyador (aksiyadorlar) nomidan kelib tushayotgan bo’lsa, talabnoma o’z ichiga aksiyadorning (aksiyadorlarning) ismi (nomi), unga tegishli bo’lgan aksiyalarning miqdori va turini ko’rsatgan holda topshirilishi kerak.

8.6. Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini chaqirish talabnomasi Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini chaqirish talabi bilan chiqqan shaxs (shaxslar) tomonidan imzolanishi kerak.

8.7. Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini chaqirish talabi Jamiyatning Taftish komissiyasi, auditori yoki Jamiyatning 5 foizidan kam bo’lmagan aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyador(lar) tomonidan tushgan bo’lsa, Kuzatuv kengashi talabnoma kelib tushgan kundan boshlab, o’n kun ichida navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini chaqirish yoki talabni rad qilish to’g’risidagi qarorni chiqarishi lozim.

8.8. Jamiyatning Taftish komissiyasi, auditori yoki Jamiyatning 5 foizidan kam bo’lmagan aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyador(lar) tomonidan tushgan Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini chaqirish talabini quyidagi hollarda rad qilish mumkin:

  • Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini chaqirishni talab qilayotgan aksiyador (aksiyadorlar) talabnoma taqdim qilinish sanasiga Jamiyatning besh foizidan ortiq aksiyalariga egalik qilmasa;
  • Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining kun tartibiga kiritilishi ko’zda tutilgan masalalardan birontasi uning vakolat doirasiga kirmasa;
  • kun tartibiga kiritilishi tavsiya etilayotgan masala qonunchilik xujjatlarining talablariga to’g’ri kelmasa.

8.9. Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini chaqirish yoki chaqirmaslik to’g’risidagi Kuzatuv kengashining qarori, navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini chaqirishni talab qilgan shaxslarga, qaror qabul qilingan sanadan uch kundan kechikmagan holda yetkazilishi lozim..

8.10. Kuzatuv kengashining navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini chaqirish to’g’risidagi talabga rad javobi, sud orqali qayta ko’rib chiqilishi mumkin.

8.11. Agar, mazkur Nizomda belgilangan muddat ichida Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini chaqirish to’g’risida qaror qabul qilinmagan bo’lsa, yoki rad javobi berilgan bo’lsa, navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi uni chaqirishni talab qilayotgan shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin. Bu holda, aksiyadorlar Umumiy yig’ilishiga tayyorgarlik va uni o’tkazish bilan bog’liq barcha harajatlar aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining qarori bilan Jamiyat tomonidan qoplanishi mumkin.

9. AKSIYADORLAR UMUMIY YIG’ILISHINING KVORUMI

9.1. . Agar, aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida ishtirok etish uchun ro’yxatga olish vaqti yakuniga, Jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining umumiy ellik foizidan ortiq ovozlarga ega bo’lgan aksiyadorlar (ularning vakillari) ro’yxatdan o’tgan bo’lsa, bunday yig’ilish qonuniy kuchga (kvorumga) ega deb hisoblanadi.

9.2. Agar o’rnatilgan yig’ilish boshlanish vaqtida yig’ilish kvorumi mavjud bo’lmasa, yangi aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining o’tkazilish sanasi e’lon qilinadi. Bunda kun tartibiga o’zgartirish kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi.

9.3. O’tkazilmagan aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining o’rniga chaqirilgan yangi aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi, aksiyadorlarni ro’yxatga olish yakuniga jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining umumiy qirq foizidan ortiq ovozlarga ega bo’lgan aksiyadorlar (ularning vakillari) ro’yxatdan o’tgan bo’lsa, bunday yig’ilish qonuniy kuchga (kvorumga) ega deb hisoblanadi.

9.4. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining qayta o’tkazilishi to’g’risidagi xabarnoma mazkur Nizomning 5-moddasida ko’zda tutilgan muddatda va shaklda amalga oshiriladi.

9.5. Kvorum mavjud bo’lmaganligi sababli aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining o’tkazilishi sanasi yigirma kundan kam bo’lgan muddatga qoldirilsa, Umumiy yig’ilishda ishtirok etish xuquqiga ega bo’lgan aksiyadorlar reyestri, bo’lib o’tmagan aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida ishtirok etish xuquqiga ega bo’lgan aksiyadorlar reyestriga muvofiq aniqlanadi..

10. AKSIYADORLAR UMUMIY YIG’ILISHIDA OVOZ BERISH TARTIBI

10.1. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida ovoz berish “bir ovoz beruvchi aksiya – bir ovoz” tamoyili asosida olib borilib, Kuzatuv kengashiga a’zolar saylanishi bo’yicha kumulyativ ovoz berish hollari bundan mustasno.

11. AKSIYADORLAR UMUMIY YIG’ILISHINING BAYONNOMASI

11.1. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining bayonnomasi Ustavning 8.9.- bandiga muvofiq, Umumiy yig’ilish yopiq deb e’lon qilingan kundan ikki kundan kechikmagan holda, ikki nusxada tuziladi. Ikkala nusxa Umumiy yig’ilishda raislik qilgan shaxs va Umumiy yig’ilish kotibi tomonidan imzolanadi.

11.2. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining bayonnomasida quyidagilar ko’rsatiladi:

  • aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining o’tkazilish sanasi, joyi va vaqti;
  • Jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlarga tegishli ovozlarning umumiy miqdori;
  • yig’ilishda ishtirok etayotgan aksiyadorlarga tegishli ovoz beruvchi aksiyalardagi ovozlarning miqdori;
  • yig’ilishda ishtirok etayotgan aksiyadorlarga tegishli ovozlarning miqdori;
  • yig’ilish raisi (rayosati) va kotibi, yig’ilishning kun tartibi.

11.3. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining bayonnomasida chiqishlarning asosiy mazmuni, ovoz berishga qo’yilgan masalalar va ular yuzasidan ovoz berish natijalari, aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan qabul qilingan qarorlar keltirilishi lozim.

12. AKSIYADORLAR UMUMIY YIG’ILISHINING ISHCHI ORGANLARI

12.1. Umumiy yig’ilishning ishchi organlariga rayosat, hisob komissiyasi, kotib (kotibiyat) kiradi.

12.2. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining rayosati va raisi aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida saylanadi.

12.3. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini Jamiyat Kuzatuv kengashining raisi, u uzrli sabablarga yo’q bo’lsa, Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolaridan biri olib boradi.

12.4. Umumiy yig’ilishning raisi yig’ilish rayosatiga rahbarlik qiladi, yig’ilish olob borilishinin ta’minlaydi va o’z majburiyatlarini kerakli tarzda bajarilishi barcha vakolatlarga egalik qiladi.

12.5. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining Raisi yig’ilish o’tkazilishini boshqaradi, Umumiy yig’ilish ishchi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, masalalarni muhokama qilish tartibini o’rnatadi, ma’ruzachilarning so’zga chiqish vaqtini chegaralaydi, yig’ilish borishi jarayonida tushuntirishlar beradi, zalda tartib saqlanishini nazorat qiladi.

12.6. Umumiy yig’lish Raisi yig’ilish bayonnomasi va qarorlariga imzo qo’yadi.

12.7. Ovoz beruvchi aksiyalarga egalik qiluvchi aksiyadorlarining soni 100 nafardan ortiq bo’lgan Jamiyatlarda hisob komissiyasi tashkil etilib, uning son va shaxs tarkibi Jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.

12.8. Hisob komissiyasining tarkibida uch nafardan kam a’zo bo’lishi mumkin emas. Hisob komissiyasining tarkibiga Jamiyat Kuzatuv kengashi, Taftish komissiyasi, kollegial ijro etuvchi organi a’zolari, yagona shaxsli ijro etuvchi organ a’zosi, boshqaruvchi tashkilot, hamda bu lavozimlarga nomzodligi qo’yilayotgan shaxslar kirishi mumkin emas.

12.9. Ovoz berish byulletenlari yordamida ovoz berish jarayonida, ovozga qo’yilgan masalalar yuzasidan faqat bitta javob varianti qoldirilgan ovozlar hisobga olinadi. Yuqorida ko’rsatilgan talabni buzgan holda to’ldirilgan ovoz berish byulletenlari amaliy kuchga ega emas deb tan olinadi va ularda keltirilgan masalalar bo’yicha berilgan ovozlar hizobga olinmaydi.

12.10. Agar ovoz berish byulletenida bir nechta masala keltirilgan bo’lsa, ulardan biriga nisbatan mazkur Nizomning 12.9. bandida ko’rsatilgan talabga rioya qilinmasligi, butun byulletenning amaliy kuchga ega emas deb tan olinishiga sabab bo’la olmaydi

12.11. Hisob komissiyasi, unga yuklatilgan vazifalarning bajarilish qismida, yig’ilishning mustaqil ishchi organi bo’lib, Kuzatuv kengashining taklifiga ko’ra aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan saylanadi.

12.12. Hisob komissiyasining vakolat davri aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan saylangan vaqtidan boshlab, uning yangi tarkibi muvofiq (yillik yoki navbatdan tashqari) aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan saylanishiga qadar amal qiladi.

12.13. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishiga tayyorgarlik jarayonida, Hisob komissiyasi Kuzatuv kengashining topshirig’iga ko’ra quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida ishtirok etish xuquqiga ega bo’lgan aksiyadorlar ro’yxatini tuzadi;
  • ovoz berish byulletenlari va Umumiy yig’ilishning boshqa materiallarini topshiradi va yo’naltiradi, ularning hisobini olib boradi.

12.14. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida bundan oldingi aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan saylangan hisob komissiyasi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlarni (ularning vakillarini)O ro’yxatdan o’tkazadi;
  • ishonchnomalar va ular orqali taqdim qilinuvchi xuquqlarning hisobini olib boradi;
  • ovoz berish byulletenlari va Umumiy yig’ilishning boshqa materiallarini topshiradi;
  • aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida kvorumning mavjudligini aniqlaydi.

13. AKSIYADORLAR UMUMIY YIG’ILISHI QARORLARINING BAJARILISHI.

13.1. Agar boshqa yo’li yig’ilish qarorida ko’zda tutilib, yig’ilish bayonnomasida aks ettirilmagan bo’lsa, aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi qarorlarining bajarilishi ustidan nazorat Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

13.2. Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining qarorlari yig’ilishda ishtirok etayotgan va etmayotgan aksiyadorlar uchun, ularga tegishli qismida, bajarilish uchun majburiydir.

 

Aloqalar

Manzilimiz: 100154, Toshkent, Sergeli,
Yuzhnaya promzona, Proektnaya kuchasi.
Telefon: +(998 71) 258-92-01
Faks: +(998 71) 257-70-15
E-mail: info@elektrogaz.uz

Muhim ma'lumotlar

Materiallardan foydalanganda, quyidagi havolani keltirish majburiy.
Copyright © 2015-2022
Saytning oxirgi yangilangan sanasi: 09.04.2022 y.