Korporativ veb-sahifasi to’g’risida Nizom

 

“ELEKTROGAZ” AJ

Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan

2014 yil “15” oktyabrda

“TASDIQLANGAN”

 

“ELEKTROGAZ” AKSIYADORLIK JAMIYATINING

KORPORATIV VEB-SAHIFASI TO’G’RISIDA NIZOM

 

1. Umumiy qoidalar.

2. Jamiyatning korporativ veb-sahifasida joylashtirilishi shart bo’lgan ma’lumotlar.

3. Jamiyatning korporativ veb-sahifasini olib borilishiga qo’yilgan talablar.

4. Jamiyatning korporativ veb-sahifasining mazmuniy ta’minotiga qo’yilgan talablar.

5. Yakuniy xulosalar.

 

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4609-sonli Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lib, “ELEKTROGAZ” aksiyadorlik jamiyatining (keyingi o’rinlarda – Jamiyat) korporativ veb-sahifasi hamda unda joylashtirilishi shart bo’lgan ma’lumotlarga qo’yiladigan talablarni belgilaydi.

1.2. Jamiyatning korporativ veb-sahifasi davlar va xo’jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlar boshqaruvi organlari tomonidan qo’yilgan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabr kunida qabul qilingan 355-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan rasmiy veb-sahifa talablariga muvofiq bo’lishi kerak.

2. JAMIYATNING KORPORATIV VEB-SAHIFASIDA JOYLASHTIRILISHI SHART BO’LGAN MA’LUMOTLAR

2.1. Jamiyatning korporativ veb-sahifasiDA joylashtirilishi shart bo’lgan ma’lumotlarga quyidagilar kiradi:

  • Jamiyat faoliyatining maqsad va vazifalari;
  • Jamiyat Ustavi, shu jumladan unga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar, Jamiyatning tasdiqlangan biznes-rejalari;
  • Jamiyatning rivojlanish strategiyasi to’g’risida ma’lumot;
  • Jamiyatning tashkiliy tuzilmasi, uning tuzilmaviy bo’linmalari, filiallari, vakolatxonalari, sho’ba va tobe xo’jalik jamiyatlarining nomlari, telefon raqamlari, manzillari (pochta va electron manzillar), ularning ish tartibi to’g’risidagi ma’lumotlar;
  • Jamiyat rahbariyati to’g’risida ma’lumot (Boshqaruv Raisi va Bosh injener);
  • vakant ish joylari, ishga qabul qilish shartlari va nomzodlarga qo’yiladigan talablar to’g’risida ma’lumotlar;
  • Jamiyat yoki uning boshqaruv organlari tomonidan tashkil etilgan kollegial va qo’mitaviy organlar (kuzatuv kengashi, boshqaruv va boshqalar) to’g’risida ma’lumotlar;
  • Jamiyatning affillangan shaxslari ro’yxati ;
  • Jamiyatning ichki xujjatlari;
  • O’zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog’ozlar bozori” to’g’risidagi Qonun 39-moddasiga muvofiq oshkor etilishi kerak bo’lgan muhim faktlar;
  • aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida qabul qilingan qarorlar yuzasidan ovoz berish natijalari (shu qarorlar qabul qilinganidan so’ng o’ttiz kun ichida e’lon qilinadi);
  • aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining o’tkazilishi, sanasi, vaqti, joyi, kun tartibi to’g’risida ma’lumot;
  • qimmatli qog’ozlar emissiya risolalari, hamda qimmatli qog’ozlar bozoriga oid qonunchilikda o’rnatilgan tartibda e’lon qilinishi kerak bo’lgan, Jamiyatning choraklik va yillik xisobotlari;
  • Jamiyat tomonidan o’tkazilayotgan ommaviy tadbirlar (majlislar, yig’ilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, seminarlar, brifinglar, davra suxbatlari, rasmiy tashriflar) press-relizlar va kundalik faoliyat to’g’risida boshqa ma’lumotlar;
  • Jamiyat tomonidan ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar (tovar va xizmatlar)ning ro’yxati va ular to’g’risida ma’lumot;
  • tovarlarni (ish va xizmatlarni) yetkazib berish yuzasidan Jamiyat va uning tashkilotlari tomonidan o’tkazilayotgan ochiq tanlovlar (tenderlar) va kim oshdi savdolari to’g’risida ma’lumotlar;
  • Jamiyatning moliyaviy-xo’jalik vaziyatini va uning rivojlanish dinamikasini tavsiflovchi dolzarb ko’rsatkichlar, Jamiyat faoliyatiga oid tahliliy ma’lumotlar;
  • so’nggi uch yil ichida xisoblangan va to’langan dividendlar to’g’risida ma’lumot, shu jumladan qarzdorlik, aksiyadorlar tomonidan dividendlar olinishi uchun kerak bo’lgan boshqa ma’lumotlar;
  • auditorlik tashkilotining Jamiyat yillik moliyaviy-xo’jalik tekshiruvi natijalariga ko’ra bergan xulosasi;
  • Jamiyat tomonidan aksiyalar xarid qilinishi to’g’risida ma’lumot;
  • vab-sahifada joylashtirilgan ma’lumotlardan boshqa shaxslar foydalanganida, bu to’g’risida yo’nalish ko’rsatilishi shartligi to’g’risida ma’lumot;
  • Jamiyat tomonidan Jamiyatning korporativ veb-sahifasida joylashtirilishi lozim deb topilgan boshqa ma’lumotlar.

2.2. Jamiyatning korporativ veb-sahifasida boshqa manbalardan olingan ma’lumotlarning joylashtirilishida mazkur manbalar ko’rsatilishi shart.

3. JAMIYATNING KORPORATIV VEB-SAHIFASINI OLIB BORILISHIGA QO’YILGAN TALABLAR

3.1. Jamiyatning korporativ veb-sahifasi o’z tarkibida quyidagilarga ega bo’lishi kerak:

  • joylashtirilayotgan ma’lumotlarni guruhlar bo’yicha o’z ichiga olgan qulay va oddiy interfeys;
  • veb-sahifaning foydalanuvchi interfeysi unda joylashtirilgan ma’lumotlarning aniq joylashuvini ko’rsatishi, sahifa va bo’limlrga mantiqiy va tez o’tirishini ta’minlashi kerak;
  • Jamiyat bilan bog’lanish imkoniyati, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini qabul qilish imkoniyati;
  • joylashtirilgan ma’lumotlarni arxivlashtirish, qayta tiklash va nusxa olish imkoniyati; - electron pochta va yangiliklarni yetkazib beruvchi avtomatlashtirilgan xizmatlar orqali Jamiyatning korporativ veb-sahifasidagi yangiliklarga obuna bo’lish imkoniyati.

3.2. Jamiyatning korporativ veb-sahifasida joylashtirilgan ma’lumotlarga daxl qilish, u orqali ko’rsatilayotgan asosiy information xizmatlar doirasida erkin ve bepul bo’lishi zarur.

3.3. Jamiyatning korporativ veb-sahifasi asosiy information xizmatlar bilan bir qatorda, qonunchilikda o’rnatilgan tartibda qo’shimcha pullik xizmatlar ham ko’rsatishi mumkin.

3.4. Jamiyat Boshqaruv Raisining qarori bilan Jamiyatning korporativ veb-sahifasida ma’lumotlarning joylashtirilishi, shakllanishi, yangilanishi uchun mas’ul shaxs tayinlanadi.

3.5. Jamiyatning korporativ veb-sahifasidagi ma’lumotlar davlat tilida taqdim etilishi lozim. Jamiyatning korporativ veb-sahifasi boshqa tillardagi ko’rinishiga ham ega bo’lishi mumkin.

3.6. Jamiyatning korporativ veb-sahifasidagi ma’lumotlarni bloklashtirilishi, o’zgartirilishi, sohtalashtirilishini, hamda noqonuniy aralashuvning boshqa ko’rinishlarining oldini olish uchun, Jamiyat tomonidan tegishli himoyalanish chora-tadbirlari ko’rilishi zarur.

3.7. Jamiyatning korporativ veb-sahifasida joylashtirilishi zarur bo’lgan asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi:

  • Jamiyatning korporativ veb-sahifasida qidiruv;
  • Jamiyatning korporativ veb-sahifasining mobil moslamalar uchun soddalashtirilgan dizayni;
  • imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qo’shimcha qulayliklar taqdim etilishi (kontrastni ko’paytirish, shriftni kattalashtirish, ovoz berish va boshqalar);
  • Jamiyatning korporativ veb-sahifasiga xavfsiz daxl qilish imkoniyatini taqdim qilish (maxfiy ma’lumotlar uzatilishi yoki pullik xizmatlar ko’rsatilishi ko’zda tutilgan saytlar uchun);
  • fuqarolar murojaatlarini ko’rib chiqish jarayoni va vaqtini kuzatish, shu jimladan, electron pochtaga ma’lumotlarni jo’natish orqali, kuzatish imkoniyati;
  • Jamiyat faoliyatiga oid jamoat fikrini o’rganish va savollarni muhokama qilish instrumentlari (onlayn so’rovnomalar, bloglar, forumlar);
  • tashrif va statistikani nazorat qilish vositalari.

4. JAMIYAT KORPORATIV VEB-SAHIFASIGA QO’YILGAN TALABLAR

4.1. Jamiyatning korporativ veb-sahifasida joylashtiriladigan ma’lumotlar xaqqoniy bo’lishi va Jamiyat faoliyatini xolis yoritishi lozim.

4.2. Jamiyatning korporativ veb-sahifasi o’z ichiga davlat siri va xizmatda foydalanish uchun mo’ljallangan, hamda qonunchilikda belgilangan tartibda e’lon qilinishi va tarqatilishi man etilgan boshqa ma’lumotlarni olmasligi lozim.

4.3. Jamiyatning Boshqaruv Raisi mazkur Nizomga muvofiq Jamiyatning korporativ veb-sahifasida joylashtiriladigan ma’lumotlarning to’liq va xaqqoniyligi uchun mas’uldir.

5. YAKUNIY XULOSALAR

5.1. Mazkur Nizom talablari buzilishida ayblangan shaxslar, qonunchilikda o’rnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.

5.2. Mazkur Nizom talablarining bajarilishi yuzasidan nazorat qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish bo’yicha vakolatli davlat organi hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsion texnologiyalar sohasidagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.

Aloqalar

Manzilimiz: 100154, Toshkent, Sergeli,
Yuzhnaya promzona, Proektnaya kuchasi.
Telefon: +(998 71) 258-92-01
Faks: +(998 71) 257-70-15
E-mail: info@elektrogaz.uz

Muhim ma'lumotlar

Materiallardan foydalanganda, quyidagi havolani keltirish majburiy.
Copyright © 2015-2022
Saytning oxirgi yangilangan sanasi: 09.04.2022 y.