2014 yil 15 oktyabr kuni Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi o’tkaziilishi to’g’risida xabarnoma

XABARNOMA
“ELEKTROGAZ” Aksiyadorlik jamiyati 2014 yil 15 oktyabr kuni soat 11:00 da Toshkent shahri, Sirg’ali tumani, Janubiy sanoat hududi, Proyektnaya ko’chasi manzili bo’yicha navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi bo’lib o’tishini ma’lum qiladi

Kun tartibi:

1 Xisob komissiyasi va Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining reglamentini tasdiqlash.
2 Jamiyat tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash
3 Jamiyatning firma nomi o’zgartirilishini tasdiqlash.
4 Jamiyat shtampi va muxrining eskizini tasdiqlash.
5 Aksiyalarni bo’lish hamda ularning nominal qiymatini o’zgartirish to’g’risida qaror qabul qilish
6 Aksiyalarning yangi chiqarilishi to’g’risida qaror qabul qilish.
7 E’lon qilingan aksiyalarning chegaraviy xajmini belgilash va tasdiqlash.
8 Jamiyat Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash
9 “Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi to’g’risida”, “Kuzatuv kengashi to’g’risida”, “Kuzatuv kengashining a’zolari, Kuzatuv kengashining kotibi hamda Taftish komissiyasini moddiy rag’batlantirish to’g’risida”. “Jamiyatning Ijro etuvchi organi (Boshqaruv) to’g’risida”, “Taftish komissiyasi to’g’risida”, “Korporativ veb-sahifa to’g’risida”, “Jamiyatning dividend siyosati to’g’risida”gi Nizomlarni yangi tahrirda tasdiqlash.
10 Kuzatuv kengashining tasarrufiga aksiyalarni yangi chiqarilishi va aksiyalarning emissiya risolasi to’g’risidagi qarorlarni qabul qilish vakolatini o’tkazish.
11 Jamiyat Taftish komissiyasining a’zosini qayta saylash.

Kuzatuv kengashi tomonidan Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini o’tkazish uchun reyestr yopilgan sana – 03.10.2014

Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi o’tkazilishi to’g’risida xabardor qilinishi lozim bo’lgan “ELEKTROGAZ” AJ aksiyadorlarining reyestri tuzilgan sana – 14.09.2014 yil.

Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida ishtirok etishi uchun “ELEKTROGAZ” AJning aksiyadorlari reyestri tuzilgan sana – 09.10.2014 yil.

Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini o’tkazishga tayyorgarlik jarayonida aksiyadorlarga taqdim qilinishi kerak bo’lgan ma’lumotlar (materiallar bilan tanishib chiqishning quyidagi tartibi o’rnatildi.

Aksiyadorlar Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini o’tkazishga tayyorgalik  va o’tkazishga oid quyidagi materiallar bilan tanishib chiqishlari mumkin:

  • Jamiyat Ustavi yangi tahririning loyihasi;
  • “Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi to’g’risida”, “Kuzatuv kengashi to’g’risida”, “Kuzatuv kengashining a’zolari, Kuzatuv kengashining kotibi hamda Taftish komissiyasini moddiy rag’batlantirish to’g’risida”. “Jamiyatning Ijro etuvchi organi (Boshqaruv) to’g’risida”, “Taftish komissiyasi to’g’risida”, “Korporativ veb-sahifa to’g’risida”, “Jamiyatning dividend siyosati to’g’risida”gi Nizomlarning yangi tahrirdagi loyihasi
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasi;

Aksiyadorlar Navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini o’tkazishga tayyorgalik  va o’tkazishga oid materiallar bilan quyidagi manzil bo’yicha tanishib chiqishlari mumkin:

O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Sirg’ali tumani, Janubiy sanoat hududi, Proyektnaya ko’chasi

Aloqa uchun telefon raqami:  257-95-37

Tanishib chiqish vaqti: shanba va yakshanda kunlaridan tashqari har kuni soat 10.00 dan 17.00 gacha.

Aksiyadorlar 2014 yil 15 oktyabr kuni soat 10.00 dan 10.45 gacha ro’yxatga olinadi. Aksiyadorlar shaxsni tasdiqlovchi xujjatni, aksiyadorlarning vakillari esa bunga qo’shimcha ravishda notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan ishonchnomani taqdim qilishlari shart.

Hurmatli aksiyadorlar!

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilishi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, kelgusida aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi o’tkazilishi to’g’risidagi ma’lumot Jamiyatning rasmiy veb-sahifasi www.elektrogaz.uz, ommaviy axborot vositalarida, hamda aksiyadorlarning electron pochta manzillariga xabarnoma jo’natish orqali aksiyadorlarga, qonunchilikda o’rnatilgan tartibda yetkaziladi.

Shu sababli, sizlardan, o’z electron pochta manzilingizni bizning Bu elektron manzil spamlardan ximoyalangan. Uni kurish uchun JavaScript ni ishga tushirishingiz kerak. elektron pochta manzilimizga ma’lum qilishingizni iltimos qilamiz.

Shu bilan birga eslatib o’tamizki, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilishi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonunining 42-moddasiga muvofiq, aksiyador uning aksiyalrga mavjud xuquqlarni amalga oshiruvchi depozitariyni uning ma’lumotlari o’zgarganligi haqida o’z vaqtida xabardor qilishi shart. Ma’lumotlar o’zgarganligi to’g’risida o’z vaqtida xabar berilmaganda, qimmatli qog’ozlar Markaziy depozitariysi hamda aksiyalrga mavjud xuquqlarni amalga oshiruvchi depozitariy, aksiyadorga bu bilan bog’liq zarar yetishi uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olmaydi.

 

“ELEKTROGAZ” OAJ Kuzatuv kengashi

Aloqalar

Manzilimiz: 100154, Toshkent, Sergeli,
Yuzhnaya promzona, Proektnaya kuchasi.
Telefon: +(998 71) 258-92-01
Faks: +(998 71) 257-70-15
E-mail: info@elektrogaz.uz

Muhim ma'lumotlar

Materiallardan foydalanganda, quyidagi havolani keltirish majburiy.
Copyright © 2015-2021
Saytning oxirgi yangilangan sanasi: 15.06.2021 y.