Umumiy ma'lumot

Biz siz bilan muloqotda bo’lishdan behad mamnunmiz va imkoniyatdan foydalanib, “ELEKTROGAZ” Aksiyadorlik jamiyati to’g’risidagi quyidagi qisqa ma’lumotlarni e’tiboringizga xavola etmoqdamiz.

“ELEKTROGAZ” AJ o’z faoliyatini 1979 yilda boshlagan, 1984 yildan boshlab, O’zbekiston gaz va energetika sohasida elektrtexnik uskunalarni montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va servis xizmatini ko’rsatish, hamda yer osti va yer usti inshootlarini elektr kimyoviy himoyalash borasidagi yetakchi korxona bo’lmish “O’ztransgaz” Aksiyadorlik Kompaniyasining tuzilmasiga kiritilgan.

”ELEKTROGAZ” AKSIYADORLIK JAMIYATI – ISHONCHLI BIZNES HAMKOR

“ELEKTROGAZ” AJ ning gaz sanoati tizimidagi o’ttiz yillik faoliyat tajribasi, yuqori mobilligi, ishlab chiqarish bazalarining muntazam rivojlanishi, yangi texnologiyalarning muvaffaqqiyatli o’zlashtirilishi, boshqaruv apparati va muhandis-texnik xodimlarining yuqori kasb malakasi – bizning jamiyatimiz barqaror faoliyatining asosiy negizi bo’lib, kelajakka ishonch bilan qarashimiz uchun asos bo’la oladi.

“ELEKTROGAZ” AJ mutaxassislari O’zbekiston Respublikasining butun hududida xajmi va ahamiyatiga ko’ra salmoqli bo’lgan ko’pgina gaz transport tizimlarida elektrtexnik moslama va uskunalarning montaji va sozlanishida ishtirok etganlar.

“ELEKTROGAZ” AJ har qanday buyurtmachi uchun ishonchli biznes hamkor bo’la oladi.

BIZ ENG MURAKKAB MASALALARNING YECHIMINI TOPISHGA QODIRMIZ

Bizning korxonamizda, turli mutaxassislikdagi 200 dan ortiq yuksak professionallik darajasiga ega injener-texnik xodimlar mehnat qiladilar.

“ELEKTROGAZ” AJ ishlab chiqarish uchastkalari zamonaviy mahalliy va chet el uskunalari, moslamalar zahirasi bilan ta’minlangan. Bizning mutaxassislar eng murakkab texnik masalalarning yechimini topishga, yangi texnologiyalar va ish uslublarini tezkorlik bilan o’zlashtirishga qodirlar, bu esa o’z navbatida, biz zimmamizga oladigan barcha shartnomaviy majburiyatlarni o’z vaqtida va yuqori sifat bilan amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Korxona mutaxassislari o’zlarining montaj, sinovlar, ekspluatatsiya va xizmat ko’rsatish sohasidagi malakalarini muntazam ravishda O’zbekistonning muvofiq o’quv markazlarida oshirib boradilar. O’quv markazlarida qo’llaniluvchi o’quv rejalari va dasturlari Xalqaro standart talablarini xisobga olgan holda tuzilgan. O’qitish elektrtexnik uskunalarni montaji, ekspluatatsiyasi, tekshiruv va sinovlari, kafolat muddati va kafolat muddatidan keying, hamda servis xizmatini ko’rsatish sohasida o’quv modullarini qo’llashga asoslangan.

“ELEKTROGAZ” AJNING ASOSIY FAOLIYAT DOIRASI VA VAZIFALARI

“ELEKTROGAZ” AJning asosiy vazifasi elekrtexnik uskunalari bilan bog’liq montaj, ta’mirlash, profilaktika, servis ishlarini bajarish hamda, quvurlarni elektrometrik ko’rikdan o’tkazish ishlari majmuini amalga oshirish, yer osti va yer usti inshootlarining elektr kimyoviy himoyasini ta’minlashdan iboratdir.

Bu vazifaning bajarilishi gaz qazib chiqaruvchi, gaz tashuvchi va gaz qayta ishlovchi korxonalarning uzluksiz elektr ta’minotini, O’zbekiston Respublikasining Yagona gaz tizimi uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlaydi.

Korxonaning faoliyat doirasi quyidagi ishlar turini qamrab olgan:

  • gaz qazib chiqaruvchi, gaz tashuvchi va gaz qayta ishlovchi obyektlarning elektrtexnik uskunalarining montaji, sozlanishi, kapital ta’mirlanishi, shu jumladan 110 kV kuchlanishga ega bo’lgan podstantsiyalar va yacheykalardagi montaj va sozlash ishlari;
  •  6-110 kV kuchlanishli uskunalarning texnik tekshiruvi;
  • elektr uskunalarida profilaktika va ta’mirlash ishlari;
  • elektr uskunalari va transformatorlarning kapital ta’mirlanishi;
  • elektr uzatish tarmoqlarining, gaz quvurlarining va boshqa kommunikatsiyalarning qurilishi;
  • quvurlarning majmuaviy elektrometrik tekshiruvi;
  • 100 kVt gacha bo’lgan elektr dvigatellarini qayta aylantirish va ta’mirlash;
  • loyihaviy-smeta xujjatlarini tayyorlash.

“ELEKTROGAZ” AJ yuqorida ko’rsatilgan ishlarning bajarilishi uchun zarur bo’lgan barcha litsenziyalarga ega. 

“ELEKTROGAZ” AJ TASHKILIY TUZILMAS

“ELEKTROGAZ” AJ o’z tarkibida bir necha ishlab chiqarish uchastkalariga ega. Ular Respublika gaz sanoatining asosiy obyektlari markazlashgan hududlarda joylashgan, bular – Buxoro, Samarqand, Fargo’na, Andijon viloyatlarida joylashgan Muborak, Sho’rtan, Gazli hududlaridir.

Ishlab chiqarish uchastkalarining hududlarda joylashganligi, “O’ztransgaz” AK, “Muborakneftegaz” MChJ, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ, “Sho’rtanneftegaz” MChJ, “Gazlineftgazqazibchiqarish” UShK, “Buxoroneftgazparmalash” AJ, “QashPI” AJ, “Neftgazmontaj” MChJ kabi buyurtmachilarimizning obyektlarida ishlarni qisqa muddatda va kam sarf-harajat bilan amalga oshirish imkoniyatini beradi.

“ELEKTROGAZ” AJ JAMOASI ERISHGAN YUTUQLAR

Faoliyat yillarida jamoamiz faxlanishi mumkin bo’lgan asosiy yutuqlarimiz quyidagilardan iborat:

  • 25х2 МВА, 16х2 МВА, 10х2 МВА, 6,3х2 МВА quvvatli, 110/35/6kV kuchlanishga ega ko’chmas va ko’chiriladigan blokli transformator podstantsiyalarning smeta xujjatlarini ishlab chiqish va sohaga joriy qilish;
  • 35/6, 6/04, ЗРУ-6кV, РУ-0.4кV, montajlangan uskunalarning sozlash ishlari va servis xizmati;
  • 10 MVT gacha bo’lgan compressor stantsiyalar bo’yicha sozlash ishlari. 

“ELEKTROGAZ” AJNING “O’ZBEKNEFTEGAZ” MILLIY XOLDING KOMPANIYASINING LOYIHALARIDA ISHTIROKI

Hozirgi kunda, “ELEKTROGAZ” AJ “O’zbeknevtegaz” MXKning quyidagi yirik loyihalarining amalga oshirilishida fal ishtirok etmoqda: “Muborakda KS-0 kompressor stantsiyasini kengaytirish”, “Zirabuloqda 2-kompressor stantsiyasining 6kVt-yopiq taqsimlash moslamasining rekonstruktsiyasi”, “Muborak gazni qayta ishlash zavodida 6kVt-yopiq taqsimlash moslamasining rekonstruktsiyasi”, “Ko’kdumaloq” xo’jaligida 35/6 kV (bug’urlash, tortish) podstantsiyasining qurilishi”, “Zevardi”, “Alan”, “Kultak”, “Pamuk”, “Quruq”, “Ko’kdumaloq” xo’jaliklarida elektr-kimyo himoyasining havo tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish” va boshqalar.

E’tiboringiz uchun raxmat va kelajakda o’zaro manfaatli hamkorlikka tayyor ekanligimizni ma’lum qilamiz!

Manzilimiz: 100154, Toshkent shahri, Sirg’ali tumani, Janubiy sanoat hududi, Proyektnaya ko’chasi.

Aloqa uchun telefon raqamlari: +99871 258 92 01; +99871 257 95 37

Faks: +99871 258 92 01

 

Aloqalar

Manzilimiz: 100154, Toshkent, Sergeli,
Yuzhnaya promzona, Proektnaya kuchasi.
Telefon: +(998 71) 258-92-01
Faks: +(998 71) 257-70-15
E-mail: info@elektrogaz.uz

Muhim ma'lumotlar

Materiallardan foydalanganda, quyidagi havolani keltirish majburiy.
Copyright © 2015-2016
Saytning oxirgi yangilangan sanasi: 11.06.2016 y.